Nene Xotun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nene Xotun (t. 1857-yil-1955-yil 22-may, Erzurum), Erzurumning Aziziya shahrining himoyasi uchun 93nafar harbiylar safida jangda qatnashgan, Erzurumga qilingan rus bosqiniga qarshi vatan himoyasida qatnashgan turk xalq qahramon ayoli
Tavalludi 1857-yil
Cheperli, Palando'ken, Erzurum
Vafoti 1955-yil 22-may (97-98 yoshlarida)
Aziziya shahidlar qabristoni, Erzurum, Turkiya,
Fuqaroligi Turkiya va Usmonli imperiyasi
Erzurum Aziziye qal’asi

Nene Xotun (1857-y. — 1955-yil 22-may, Erzurum) —93 nafar harbiy safida Erzurumdagi Aziziya shahrini mudofaa qilishda qatnashgan va Erzurumdagi Rus bosqinchilariga qarshi jangda faol ishtirok etgan turk xalq qahramon ayoli hisoblanadi. U bomdod vaqtida Erzurum minoralaridan 1877-yil 8-noyabrga oʻtar kechasi rus askarlari Aziziya qal’asini qoʻlga kiritgani haqidagi xabarni eshitadi. U Usmoniylar askarlariga yordam berish maqsadida qoʻllariga tosh va tayoqlar olib vatanni himoya qilishga kirishgan shahar aholisiga qoʻshiladi va bu urushda koʻrsatgan jasorati tufayli afsonaga aylanadi.

1955-yilda Turk ayollari ittifoqi tomonidan „Yil onasi“ deb tanlangan Nene xotun Turkiyada bu mukofotga sazovor boʻlgan birinchi ayol hisoblanadi[1]. Shu bilan birga u Turk Qurolli kuchlari tomonidan berilgan „3-qoʻshinning buvisi“ unvoniga ham sazovor boʻladi[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nene Xotun 1857-yilda Erzurumning Cheperli qishlogʻida dunyoga keladi. Otasining ismi Husayn, onasining ismi Zeliha edi[3].

Aziziya mudofaasi vaqtida 20 yoshda boʻlgan Nene Xotun, u oʻsha vaqtda shu qishloqlik Mehmet Afandi bilan oila qurgandi [manba kerak].

Rus qoʻshini Pasinlerni ishgʻol qilib, Erzurumga tomon yurishni boshlaganida dushman bosib olishidan xavotirlangan koʻpchilik aholi qatori u ham eri bilan Erzurumga koʻchib oʻtadi. Ruslarning Deveboynu urushidan keyin Erzurumning chekka qal’alari ham ishgʻol qilingach, Nene Xotun 3 oylik oʻgʻlini uyda qoldirib, shahar mudofaasiga qoʻshiladi va jangda jasorat koʻrsatadi. Urushdan keyin Nene Xotun va uning oilasi Erzurumga joylashadi. U Erzurumning Eminkurbu mahallasi Kina koʻchasidagi 35-uyda yashar edi[4]. 1934-yilda qabul qilingan Familiyalar haqidagi qonunga asosan Kirkkoʻz familiyasini oldi[5].

Nene Xotunning toʻrt nafar oʻgʻil (Yusuf, Nazim, Abdurahman va Musa) va ikki nafar qiz (Asime, Nevriye), jami olti nafar farzandi bor edi. Uning ikki nafar oʻgʻli Birinchi jahon urushida vafot etdi[6][7][8].

Nene Xotun Turkiyaga „Jumhuriyat“ gazetasining Istanbuldagi muxbiri Ismoil Habib Sevuk tomonidan 1937-yilda Erzurumda Nene Xotun ve 93 nafar urush fahriylari bilan oʻtkazgan intervyusi orqali tanildi[9].

1943-yilda Nene Xotun hayotidagi moliyaviy qiyinchiliklar sababli xalq qahramon ayollaridan biri boʻlgan Name xonim bilan birgalikda, oʻsha paytda amaldagi prezidentga ariza bilan murojaat qilib, undan yordam soʻradi[10].

Nene Xotun 1952-yildan boshlab Aziziya xotira yodgorligi qurulishi ishlari chogʻida takror nazarga tushdi. 9-qoʻshin qoʻmondoni general leytenant Refiq Koraltan va Erzurumda joylashgan 3-qoʻshinning qoʻmondoni Nurettin Baransel Pasha, oʻsha paytdagi tuman hokimi, Erzurum hokimi bilan birgalikda Turkiya Buyuk millat majlisi Nene Xotunga gʻamxoʻrlik qildi.1952-yil 30-avgust gʻalaba bayramida Nene Xotunga „3-qoʻshinning buvisi“ unvoni berildi. 1955-yilda Turkiyada birinchi marotaba Turk ayollari ittifoqi tashabbusi bilan nishonlangan Onalar kuni bayramida unga „Yil onasi“ unvoni berildi[11].

Nene Xotun 1955-yil 22-mayda Erzurum Numune kasalxonasida pnevmoniya tashxisi bilan davolanayotgan vaqtida 98 yoshida vafot etdi. Uning jasadi rasmiy marosim bilan Aziziya shahidlar maydoniga dafn etildi.

U haqida yozilgan asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1911-yilda Erzurum hokimi boʻlgan Mehmet Emin Yurdakul Nene Xotun va Aziziya jangi haqida hikoya qiluvchi maqolalar yozadi.

„Jumhuriyat“ gazetasining Istanbuldagi muxbiri, jurnalist Ismoil Habib Sevuk 1937-yilda Erzurumga keladi va Nene Xotun va 93 nafar urush faxriylari bilan reportaj oʻtkazadi. Bu reportajdan soʻng bu insonlar Turkiyaga mashhur boʻladi.

1956-yilda nashr qilingan General Ali Fuat Jebesoyning „Moskva hotiralari“da Nene Xotun va Aziziya qahramonlari tilga olinadi.

1973-yilda suratga olingan, bosh rollarini Turkan Shoʻray va Qadir Inanir oʻynagan „Jangchi Ayol“ filmi Nene Xotun hayoti haqida hikoya qilinadi[12].

2006-yilda nashr qilingan Talat Uzunyaylalining „Afsona ayol Nene Xotun“ nomli tarixiy romani Nene Xotunning hayoti asosida yozilgan.

Uzunyaylali Talat, Nene Xotun (Biografiya), Otaturk universiteti nashryoti, Erzurum 2005-yil.

2010-yilda suratga olingan „Nene Xotun“ nomli filmda Nene Xotunning hayoti hikoya qilinadi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Türk Kadınlar Birliği web sitesi, Erişim tarihi:22.05.2015“. 24 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  2. „Mehmet Koçyiğit, Nenehatun Kız Anadolu Lisesi Üzerine Tarihsel Bir İnceleme, Atatürk Üniversitesi Eğitim Bilimleri Enstitüsü Yüksek Lisans Tezi, 2014. 29 nisan 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  3. „Nene Hatun“. 16 şubat 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 şubat 2016.
  4. „Nene Hatun kimdir? Tarihteki önemi nedir?“. Milliyet (22 mayıs 2019). 17 haziran 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 haziran 2020.
  5. „Türk kadınının kahramanlık simgesi: Nene Hatun“. Anadolu Ajansı (22 mayıs 2019). 17 haziran 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 haziran 2020.
  6. Nene Hatun, M. Talat Uzunyaylalı, Atatürk Üniversitesi Yayını, Erzurum, 2015, s. 67
  7. „Yahya Kürekçi, Tarihimizden Altın Bir Yaprak, Sızıntı Dergisi, Ocak 2006. 23 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  8. Yunus Emre, Kitap: Mücadelenin Adı Efsane Nene Hatun, Yeni Şafak gazetesi, 05.12.2006
  9. Yaylalı Nene Hatun’u anlattı, Erzurum gazetesi, 12.03.2012. 13 haziran 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  10. „Orhan Yıldırım, Nene Hatun yaşamının son döneminde yardım için İnönü’ye mektup yazmış, Zaman gazetesi, 01.06.2004. 24 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  11. „Can Alpgüvenç, Vefatının 54. Yıldönümünde Aziziye Kahramanı Nene Hatun, Yüzakı dergisi, Erişim tarihi:22.05.2015. 24 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.
  12. Nene Hatun Nasıl „Gazi Kadın“ Oldu?, Ntv.com.tr 16.05.2012[sayt ishlamaydi]
  13. „Uğur Vardan, Nene Hatun Böyle mi Anlatılır, Radikal gazetesi, 29.10.2010. 7 mayıs 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2015.