Nemis ovcharkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nemis ovcharkasi — xizmatchi itlarning zoti boʻlib, 1899-yilda Germaniyada paydo boʻlgan.[1] Nemis ovcharkalari dastlab cho'pon itlari sifatida ishlatilgan. Hozirgi vaqtda nemis ovcharkalari nogironlarga yordam berishadi, qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashadilar, politsiya va armiyada xizmat qiladilar, filmlarda rol o'ynaydilar.[2]

Ko'pincha qo'riqchi itlar sifatida huradigan zotlar ro'yxatida mazkur zot ikkinchi o'rinda turadi.[3]

Zot standarti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis ovcharkalari o'rtacha va katta tuzilishga ega bo’lgan itlardir. Boshining yuqori qismidan hisoblaganda, koʻppaklarining balandligi 60-65 sm (24-26 dyuym) va urgʻochi itlar esa 55–60 sm (22–24 duym)ni tashkil qiladi. Nemis ovcharkalarida tana uzunligining boʻyiga nisbati 10: 8 1 ⁄ 2 ni tashkil qiladi.

Nemis ovcharkalari ko'pincha jigarrang-qora yoki malla-qora rangga ega boʻladi. Juni oʻrtacha uzunlikda, junining quyi qismi zich tuzilishgag ega.[4]

Nemis ovcharkalarining o'rtacha umri 10,95 yilni tashkil qiladi.[5]

Sogʻligʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vijdonan yondashilmagan naslchilik faoliyati tufayli bu zotda son displaziyasi (19,1%) va degenerativ mielopatiya (36%) kabi tug'ma kasalliklar darajasi ancha yuqori.[6][7] Miyelopatiyani veterinariya klinikasida soʻlakning DNK testi bilan aniqlash mumkin. Shuningdek, nemis ovcharkalarida qon ivishi meʼyorining buzilishi, oshqozon osti bezi bilan bog'liq muammolar hamda panjalarning yostiqchalarida yorilish holatlari kuzatilishi mumkin.[8][9]

Nemis ovcharkasining sog'lig'ini yaxshi saqlash uchun itning oziqlanish ratsionida kaltsiy, A va D vitaminlari, omega-3 va glyukozamin miqdorini kuzatib borish muhimdir.[10]

Temperament[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomilga koʻra, nemis ovcharkalari "muvozanatli xarakterga ega, kuchli asab tizimiga ega, o'ziga ishongan, mutlaqo tabiiy, butunlay yaxshi xulqli, ammo diqqatli va nazoratli bo'lishi kerak".[11]

Nemis ovcharkasi bolalar bilan juda yaxshi chiqishadi. Biroq, jarohatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, nemis ovcharkasini bolalar bilan yolg'iz qoldirib boʻlmaydi.

Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]