Kontent qismiga oʻtish

Nemanja Nikolić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nemanja Nikolić
Nikolić with the Chicago Fire in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 31-dekabr 1987-yil (1987-12-31) (37 yosh)
Tavallud joyi Senta, SR Serbia, Yugoslavia
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Striker
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996–2006 Senta
Total 478 (253)

Nemanya Nikolich (serb. Nemaha Nikolić) 1987-yil 31-dekabrda Serbiyada tavallud topgan. Asli serb vengriyalik futbolchi „MOL Fehervar“ klubi va Vengriya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi. 2016 va 2020-yillardagi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Nikolichning onasi venger boʻlgan. 2011-yil 28-yanvarda Nemanya Vengriya fuqaroligini olgan[2].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nikolich „Kaposvar Rakoczi“ safida
Nikolich „Chicago Fire“ tarkibida

Nikolich oʻz faoliyatini Vengriya quyi divizionidagi „Barcs“ va „Kaposvoldier“ klublarida oʻynab boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay, u koʻp gol urdi va tezda mashhur jamoalardan taklif olgan. 2008-yil boshida Nemanya „Kaposvar Rakoczi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 21-sentabr kuni „Uypesht“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi[3]. Birinchi mavsumda Nikolich raqiblar darvozasiga oʻn olti marta zarba berdi va „Kaposvar“ klubining eng yaxshi merganiga aylandi. 2009-yil 7-noyabrda „Diosdyor“ga qarshi kechgan duelda u xet-trik qayd etdi[4]. Oʻsha mavsumda Nemanya chempionat toʻpurari boʻlgan.

2010-yil boshida Nikolich „Videoton“ga koʻchib oʻtdi. 27-fevral kuni „Kecskemet“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5]. 6-mart kuni „Diosdyor“ga qarshi kechgan duelda Nemanya „Videoton“ safida ilk golini urdi[6]. Oʻsha mavsumda u chempion boʻldi va Vengriya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng jamoa yevrokubok sari yoʻl olgan. Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning „Gent“ va „Lissabon Sporting“ klublariga qarshi oʻyinlarda Nikolich toʻrtta gol urdi[7][8][9]. Oʻsha yili u Vengriya kubogini qoʻlga kiritdi. 2014 va 2015-yillarda Nemanya yana ikki marta chempionatning eng yaxshi merganiga aylandi. 2014/2015-yilgi mavsumda u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻldi. Shartnoma tugashiga olti oy qolganida Nemanyaga Angliyaning „Crystal Palace“ va „Reading“ klublari, IspaniyaningSelta“ va FransiyaningBordo“ jamoalari qiziqish bildirgan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 11-oktabr kuni Gollandiyaga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Nikolich Vengriya terma jamoasi safida debyut qilgan[10]. 15-oktabr kuni JCh-2014 saralash bosqichi doirasida Andorraga qarshi oʻyinda Nemanya terma jamoasi safidagi ilk golini urgan[11].

2016-yilda Nikolich terma jamoa tarkibida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Islandiya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13].

2021-yilda Nikolich Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya, Fransiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[14][15][16].

sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2013-yil 15-oktabr Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya  Andorra 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2014 (saralash)
2. 2014-yil 18-noyabr Groupama Arena, Budapesht, Vengriya  Rossiya 1 :2 1 :2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2015-yil 5-iyun Nagyerdei, Debretsen, Vengriya  Litva 3 :0 4 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4. 2017-yil 9-noyabr Josi Bartel, Lyuksemburg, Lyuksemburg  Lyuksemburg 1: 1 2: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5. 2017-yil 14-noyabr Groupama Arena, Budapesht, Vengriya  Kosta Rika 1 :0 1 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6. 2020-yil 6-sentabr Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya  Rossiya 2 :3 2 :3 UEFA Millatlar ligasi 2020/2021
7. 8-oktabr, 2020-yil Vasil Levski, Sofiya, Bolgariya  Bolgariya 0: 3 1: 3 Yevropa chempionati 2020 (pley-off)
8. 2021-yil 28-mart Olimpiya stadioni, Serravalle, San-Marino  San Marino 0: 3 0: 3 JCh-2022 (saralash)


  1. „Nikolics Nemanja - vidi.hu“. Vidi.hu. Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
  2. „Nikolics Nemanja letette az állampolgársági esküt“ (hu). Nemzeti Sport (2011.01.28). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  3. „Уйпешт VS. Капошвар Ракоци 3:2“ (en). soccerway.com (2008-yil 21-sentyabr). 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  4. „Диошдьёр VS. Капошвар Ракоци 1:3“ (en). soccerway.com (2009-yil 7-noyabr). 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  5. „Видеотон VS. Кечкемет 2:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 27-fevral). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  6. „Диошдьёр VS. Видеотон 0:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 6-mart). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  7. „Видеотон VS. Гент 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 2-avgust). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  8. „Гент VS. Видеотон 0:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-avgust). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  9. „Видеотон VS. Спортинг Лиссабон 3:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 4-oktyabr). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  10. „Нидерланды VS. Венгрия 8:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-oktyabr). 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  11. „Венгрия VS. Андорра 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-oktyabr). 2015-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  12. „Исландия VS. Венгрия 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-iyun). 2016-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
  13. „Венгрия VS. Бельгия 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 26-iyun). 2016-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
  14. „Венгрия VS. Португалия 0:3“ (en). soccerway.com (2021-yil 15-iyun). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
  15. „Германия VS. Венгрия 2:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 23-iyun). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
  16. „Венгрия VS. Франция 1:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 19-iyun). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.