Neizvestnaya (Kramskoy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noma’lum ayol
: '
Rassom Ivan Kramskoy
Yil 1883-yil
Tur kartina
Mavzu portret
Oʻlchami 75,5 cm × 99 cm (29.7 in × 39 in)
Joylashuvi Tretyakov Davlat galereyasi

"Neizvestnaya" — (baʼzan: Незнакомка) rus rassomi Ivan Kramskoyning (1837-1887) rasmi, 1883-yilda chizilgan. Tretyakov Davlat galereyasi kolleksiyasining bir qismidir. Rasmning oʻlchami 75,5×99 sm[1][2][3].

Ushbu kartina ba’zan „Notanish ayol“ ba’zida esa „Nomaʼlum ayol“ nomi bilan tanilgan.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1883-yilda chizilgan kartinada Anichkov saroyi pavilyonlari yonida Nevskiy prospekti boʻylab ochiq aravada ketayotgan yosh ayol tasvirlangan. Uning orqasida oʻng tomonda Aleksandrinskiy teatri joylashgan. 1880-yillarning soʻnggi modasida kiyingan ayol patlar bilan bezatilgan baxmal shlyapa, moʻyna va lentalar bilan bezatilgan palto, yupqa charm qoʻlqop kiygan holatda tasvirlangan. Koʻrinish shohona, sirli va biroz gʻamgin.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Neizvestnaya" Ivan Kramskoyning eng muhim va mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Tuvalga shunday nom berib, rassom unga sir va intriga aurasini berdi[4].

2019-yilda neyron tarmogʻi yordamida „Nomaʼlum ayol“ni deyarli jonlantirish mumkin boʻldi. Buning uchun statik tasvir animatsiyasi texnologiyasidan foydalanildi, u videodan inson yuzining niqobini asos qilib, uni tasvirga oʻtkazdi[5].

Asar qahramoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Neizvestnaya" asari hali hamon rassomning siri boʻlib qolmoqda. Nomaʼlum ayol kimligi haqida na maktublarda, na kundaliklarda hech qanday eslatma qoldirmagan.

Shunga qaramay tadqiqotchilar turli versiyalarni taklif qilishadi. Masalan, sanʼatshunos Chijova, „Nomaʼlum“ kartinasi aslida malika Yuryevskaya (Imperator Aleksandr II ning ikkinchi rafiqasi[6]) portreti degan fikrda. Biroq, bu versiya shubhali koʻrinadi. Sababi rasm imperator Aleksandr II vafotidan keyin malika Yuryevskaya chet elga haydab chiqarilgandan ikki yil oʻtgach yaratilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Крамской Иван Николаевич — Неизвестная“ (HTML). Государственная Третьяковская галерея, www.tretyakovgallery.ru. 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Иван Николаевич Крамской — Неизвестная (1883)“ (HTML). rodon.org.
  3. „Крамской Иван Николаевич — Неизвестная, 1883“ (HTML). www.art-catalog.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Неизвестная (1883), Крамской Иван Николаевич“ (HTML). www.kramskoy.info. 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Video prezentatsiya ojivlenie kartin
  6. Церковь Успения Богородицы. „Русская Джоконда“ (ru). Церковь Успения Богородицы (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Государственная Третьяковская галерея. Искусство XII — начала XX века. М.: СканРус, 2007 — 166—167 bet. ISBN 978-5-93221-120-5. 
  • Wachtel, Andrew.. Plays of expectations. University of Washington Press, 2007 — 58 bet. ISBN 0-2959-8647-6. 
  • „Neizvestnaya“ v baze dannix Tretyakovskoy galerei