Nega men sensiz?

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Nega men sensiz?“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„10-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2001
Yozib olingan 2001
Janr pop musiqa
Davomiyligi 4:12
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

Nega men sensiz?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Qoʻshiqning soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻining sekinroq tempda yozilgan akustik versiyasi ham mavjud.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻini guruhning 2001-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „10-albom“ nomli albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritgan[1], ammo bu taronalar 2001-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

2014-yil „Guitar Pro“ dasturida „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻining toʻliq tabulaturasi tayyorlangan. Havaskor gitarachi Nasib Abdulmanov hozirlagan ushbu tabulatura oʻzbek tilidagi qoʻshiqning ilk toʻliq tabulaturasidir[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Болалар" гуруҳининг 10 чи оригинал альбоми“. YouTube (9-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Tabulatura“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]