Neftedollarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neftedollarlar (ing. petrodollars) — neft eksport qiladigan mamlakatlar neftni chetga sotganlarida AQSH dollarida oladigan pul vositalari. N. 20-asrning 70-yillari oʻrtalaridan neft narxlarining tez koʻtarilishi oqibatida paydo boʻldi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar ingliz-amerika neft korporatsiyalari bilan kurashish natijasida neft qazib olish ustidan oʻz nazorati darajasini oshirdi va neftdan olinadigan daromadlarda oʻz hissasini oshirishga, neftning jahon narxlarini keskin koʻtarishga erishdilar. 1970-yillar oʻrtalari —80-yillar boshida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarning daromadlari katta miqyosga yetdi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti — (OPEK)ga kiruvchi mamlakatlarning tashqi daromadi 300 mlrd. dollardan oshib ketdi.

OPEK aʼzolarining koʻpchiligi daromadlarini milliy iqtisodiyotni yuksaltirish, taʼlim, sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga sarfladilar, ayrimlari boʻsh turgan pul mablagʻlarini Gʻarb mamlakatlari banklariga qoʻydilar va shu tariqa bu mablagʻlar "N." nomini oldi.

N. rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbaiga aylandi, toʻlov balansi taqchilligini qoplashda foydalanildi. Chet ellardagi qoʻyilmalardan N. egalari bulgan mamlakatlar katta daromad kura boshladi. Mas, Fors qoʻltigʻi mamlakatlarining 1980-yillarda chet ellardagi qoʻyilmalaridan olgan daromadlari bu mamlakatlar eksport tushumlariningʻD qismini tash-kil etdi. Neft qazib oluvchi mamlakatlarning chet el banklaridagi qoʻyilmalari hajmi hamon katta boʻlib qolmoqda. Masalan, 1994-yillar oʻrtalarida Quvaytning chet ellardagi xususiy qoʻyilmalari 120 mlrd. dollar, BAA-niki 23 mlrd. dollar, Katarniki 14 mlrd. dollar boʻlgan.

Qodirjon Yusupov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil