Nefroskleroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nefroskleroz (yun. nephnos — buyrak, sklerosis — zichlashish) — buyrakni biriktiruvchi toʻqima qoplab ketishi natijasida uning qattikdashishi va "burishib" qolishi. Gipertoniya, piyelonefrit, buyrak sili, glomerulonefrit, buyrak-tosh kasalligi (nefrolitiaz) va boshqalarda kuzatiladi. N.da, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (arte-riolalari) shikastlanadi, ular burishib qolib parchalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud boʻladi. Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab doridarmonlar buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil