Nebitdogʻ neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nebitdogʻ neft koni - Turk manistonning gʻarbidagi kon, Turkmanboshi shahridan 165 km sharqda, Nebit-dogʻ qirlarida joylashgan. Dastlabki quduq 1889 yil qazilgan va bir sutkada 10 t neft olingan. 1926 yil razvedka ishlari takrorlangan. 1933 yildan mun-tazam neft olish boshlangan. Nebitdogʻ braxiantiklinal burmasi kenglik boʻylab 30 km ga choʻzilgan, eni 10–12 km. Strukturaning qanotlarida jinslarning yotish burchagi 10° dan 25° gacha. Burma dizʼyunktiv buzilishlar nati-jasida murakkablashgan. Yirik uzil-malarning asosiy zonasi strukturaning oʻqi boʻylab oʻtgan. Shu joylarda qanotlarning 200–250 m ga pasayishi kuzatiladi. Sanoat ahamiyatiga molik neft-gazli gorizontlar aqchagʻil (bi-tumli qumtosh, qumli gillar) va ap-sheron (qumtosh, alevrolit, gil) yaruslarida va qizil qatlamlar (gil, qum-tosh) majmuida joylashgan. Asosiy zaxira qizil qatlamlarda (qalinligi 2000 m gacha) aniklangan. Qumtosh pachkalar gil qatlamchalari bilan ajralgan. Pachkalarga burgʻilangan quduqlar yuqori debitli (80—100 t/sutka). Aqchagʻil yarusida mahsuldorlik kam. Apsheron yarusida neftli 1-gorizontda uyum linza koʻrinishida (dastlabki debiti 40—50 t/sutka). Neft oz parafinli, zichligi 0,850—0,900 g/sm3. Nebitdogʻ neft konik. Turk-manistonda koʻp vaqtlar yirik kon hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil