Neapol opera maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Neapol Opera Maktabidan yoʻnaltirildi)

Neapol opera maktabi - 17-18-asrlarda Neapolda shakllangan ijo-diy maktab, kompozitorlar guruhi. Ilk yirik namoyandasi — F.Provensale (taxminan 1627 — 1704), boshligʻi — A.Skarlatti (qarang Skarlattilar). Neapol opera maktabim. vakillari (kompozitorlar L.Vinchi, N.Porpora, L.Leo, N.Iomelli, T.Traetta va boshqa, libretto mualliflari A.Dzeno, P.Metastazio) operannng jiddiy (opera-seria) va hajviy (buff opera) turlari, shuningdek, ariya, uvertyura, rechitativnit tugal koʻrinishini bel-gilab berishgan. Ular tarixiy-afsonaviy, antik syujetlarda asarlar yaratib, Sharq (hind, arab, fors) mavzulariga ham murojaat qilishgan, xususan, Sohibqiron Amir Temur qiyofasini oʻz operalarida gavdalantirganlar. Neapol opera maktabim. tamoyillari G.Gendel, I.Xasse va boshqa Yevropa opera ustalari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.