Naytishlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naytishlilar (Tubulidentata) -yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uz. 1—1,5 m, dumi 45—60 sm, vazni 80 kg dan ortiq. Tumshugʻining uchi nayga oʻxshash choʻziq. Oldingi oyoqlari 4, keyingi oyoqlari 5 barmoqli boʻlib, tuyoqsimon tirnokdari bor. Tirnoklari yordamida termitlar inini buzadi yoki yer kovlaydi. Tili uzun, chuvalchangsimon. Tishlari oʻzaro qoʻshilib oʻsgan dentin naychalardan iborat (nomi shundan olingan); tish emali va ildizi boʻlmaydi; tishi doimo oʻsib turadi. Kurak va yirtqich tishlari rivojlanmagan. N.ga faqat 1 tur — Afrika naytishlisi (Orycteropus afer) kiradi. Af-rikaning Sahroi Kabirdan janubroqda joylashgan barcha hududlarida tarqalgan. Tunda faol hayot kechiradi. Uz. 3 m gacha in qazib, 1 yilda 1 bola tugʻadi. Asosan, termitlar va chumolilar 6-n oziklanadi. Terisi va goʻshti uchun ovlanadi. Koʻpchilik hududlarda soni kes-kin kamayib bormoqda. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil