Kontent qismiga oʻtish

Naxmije Pagarusha

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nexhmije Pagarusha
Pagarusha 2012-yilda
Pagarusha 2012-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 7-may 1933-yil
Vafoti 7-fevral 2020-yil(2020-02-07)
(86 yoshda)
Prishtina, Kosovo
Janrlar Opera, anʼanaviy musiqa, Rok-musiqa, pop musiqa va Funk
Fuqaroligi Socijalistička Federativna Republika Jugoslavija va Kosovo

Nexmiye Pagarusha[a] (1933-yil 7-mayda tugʻilgan – 2020-yil 7-fevralda vafot etgan) – qo'shiqchi va aktrisa[1][2], koʻpincha „Albaniya musiqa qirolichasi“ deb ataladi. Kosovoda va qoʻshni mamlakatlarda mashhurlikka erishgan, oʻziga xos soprano ovoz tembriga ega boʻlgan. Bu ovoz imkoniyatlarini karyerasi davomida ijro etgan turli xalq qoʻshiqlarida namoyon etgan. Pagarusha 1948-yilda Radio Prishtinada ilk chiqishi bilan boshlangan. Faoliyatining yakuni esa 1984-yilda Sarayevoda oʻtkazilgan konserti boʻlgan. Qoʻshiqchilik daryerasi 36 yil davom etgan. Faqatgina anʼanaviy alban musiqa yoʻnalishidagina emas, balki rok, pop, fank, opera/klassik musiqa kabi janrlarda ham ijod qilgan.

Nexhmije Pagarusha Kosovoning Malisheva shahri yaqinidagi Pagarusha nomli kichik qishloqda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Malishevada olgan, soʻngra Belgradga yoʻl olib, u yerda 3 yil davomida musiqiy maktabda „yakkaxon ijrochilik (solo canto)“ yoʻnalishida tahsil olgan. Uning professional musiqa faoliyati 1948-yilda Radio Prishtinada qoʻshiqchi sifatida boshlangan. Shu yildan boshlab Pagarusha sekin-asta Albaniya va Kosovo musiqa sahnasida taniqli sanʼatkor sifatida shakllangan.

Pagarushaning musiqiy ijodi ishi qariyb 40 yil davom etgan boʻlib, u ijro etgan janrlar xilma-xilligi sababli unimaʼlum bir yoʻnalishdagi qoʻshiqchi sifatida aniqlash oson emas. Pagarusha xalq qoʻshiqlari, klassik musiqa, ayniqsa opera janrida ijro qilgan.

Pagarusha 1984-yilda Sarayevoda katta konsert bilan oʻzining musiqa faoliyatini yakunlagan. Bu uning rasmiy sahnadagi soʻnggi chiqishi boʻlgan. Ammo 16 yillik tanaffusdan soʻng, 2000-yilda „Për ty“ („Sen uchun“) nomli qoʻshiqni bir alban telekoʻrsatuvida ijro etgan. Bu chiqish muxlislari uchun kutilmagan va quvonchli voqea boʻlgan. U musiqa sohasidagi tajribasi bilan faoliyatini davom ettirgan va Radio Kosovo, Radio Bluse Skyda ishlagan. 2012-yil noyabr oyida Albaniya Prezidenti Bujar Nishani tomonidan unga „Nderi i Kombit“ (Millat faxri) ordeni topshirilgan. Bu orden Albaniya va Kosovoda eng yuksak faxriy unvonlardan biri hisoblanadi[3].

Pagarusha 2020-yil 7-fevral kuni nomaʼlum kasallik tufayli vafot etgan.

  1. „Nexhmije Pagarusha, një fenomen I papërsëritshëm“. teksteshqip.com. 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Nexhmije Pagarusha nderohet nga Nishani me urdhrin "Nderi I Kombit"“. teksteshqip.com. 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. "Nderi i Kombit", Nexhmije Pagarusha ["Honor of the Nation", Nexhmije Pagarusha] (alban), Gazeta Express, 29 Noyabr 2012, 3 Noyabr 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 4 Noyabr 2013