Ishpika Navroʻzova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishpika Sibagadulovna Navroʻzova (1949.15.5, Udmurtiya Respublikasi)— Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Udmurtiya pedagogika institutini tugatgan (1973). 1974-yildan Pskent tumanidagi 16-, 1985—99 yillarda 17-maktabda rus tili oʻqituvchisi. Navroʻzova darslarni 200 dan ortiq koʻrgazmali qurol, yangi pedagogik texnologiya asosida olib borgan, oʻquvchilar bilimini reyting asosida baholagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil