Navbahor (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navbahor
qishloq
40°28′51″N 70°46′15″E / 40.48083°N 70.77083°E / 40.48083; 70.77083 G OKoordinatalari: 40°28′51″N 70°46′15″E / 40.48083°N 70.77083°E / 40.48083; 70.77083 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Furqat tumani
Aholisi
3 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Navbahor xaritada

Navbahor — Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi — Yaypan. N.dan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. N.da tuman tashkilot va idoralari, "Ishonch" ip-yigiruv korxonasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. N. orkali Toshkent—Andijon temir yoʻl va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil