Nautofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nautofon (yun. nautes — dengizchi va fon) — mayoqlarga oʻrnatiladigan membranali elektr-akustik apparat, tovush tarqatgich. Tuman va bulutli paytlarda yoki yogʻingarchilik vaqtida tovush signallari tarqatadi. Nautofon tarqatgan tovush 15 dengiz milyassta eshitiladi. Kemalarni boshqarishda yoʻl koʻrsatuvchi vosita sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil