Natriy karbonat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Natriy karbonat - kalsiylangan soda, karbonat kislotaning nat-riyli tuzi Na2CO3. Kub panjarali kri-stallardan iborat rangsiz gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 858°, zichligi 2,5326 g/sm3L Suvda 0° da 6,54%, 20° da 17,69%, 100° da 31,29% eriydi. Suvda eriganda issiklik ajralib chiqadi. Suvli eritmada 32° da yirik tiniq Na2CO310H2O, 32° va 34,8° orasida Na2CO3H2O, 34,8° dan yuqorida Na2CO3H2O koʻrinishida kristallanadi. Natriy karbonat ochiq havoda saqlansa, SO2 ni yutib uyushib qoladi. Toʻqimachilik, qogʻoz, shisha, neft sanoatida, sovun ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil