Nathan Ake

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nathan Ake
Ake Watford mashgʻulotlarida (2015-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nathan Benjamin Aké
Tavallud sanasi 1995-yil 18-fevral
Tavallud joyi Hague, Gollandiya
Boʻyi 1,8m
Ampluasi markaziy va / yoki chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 6

Natan Benjamin Ake (1995-yil 18-fevralda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premer-ligadagi “Manchester Siti” klubi va Gollandiya terma jamoasida himoyachi[1] sifatida oʻynaydi. Garchi u asosan markaziy himoyachi[2] sifatida oʻynasada, oʻz faoliyati davomida u chap qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushirilgan.[3]

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ake 2010-yilda 15 yoshida Feyenoorddan Chelsi yoshlar jamoasiga qoʻshilishga rozi boʻlgan.[4]  U "Feyenoord"da 12 yoshidan beri klubga ADO Den Xaagdan kelganidan keyin oʻynagan.[5] Ake Premer-ligadagi debyutini 2012-yilning 26-dekabrida 17 yoshli Norvich Sitiga qarshi oʻtkazdi va Kerrow Roudda 1:0 hisobidagi gʻalabaning soʻnggi qoʻshib berilgan vaqtida Xuan Matani almashtirdi.[6] U 2013-yilning 27-fevralida Angliya kubogida klub safida ilk bor oʻyinni Chempionshipning “Midlsbro” jamoasiga qarshi oʻtkazdi va jamoa ushbu oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.[7] U 11-aprel kuni Rossiyada "Rubin"ga qarshi UEFA Yevropa ligasi chorak finalida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynadi, bu oʻyinda Ake jamoasi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Ammo ikki oʻyinning umumiy hisobi Chelsi foydasiga 5-4 hisobida yakunlandi.[8]  Ake 16-may kuni Amsterdam Arenada "Benfika"ga qarshi Yevropa ligasi finalida "Chelsi" tarkibida maydonga tushirilmadi, ushbu oʻyinda uning jamoasi, "Chelsi" 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.[9] U 16-may kuni “Chelsi”da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[10] va Premer-liga mavsumining soʻnggi oʻyinida “Stemford Brij”da “Everton”ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. 2013-yilning 8-avgustida Ake “Chelsi” bilan 2018-yilgacha amal qiladigan besh yillik yangi shartnoma imzoladi.[11] Shundan soʻng Ake doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy ola boshladi. 2014-yil 21-oktabrda Ake UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi, oʻyinning 60-daqiqasida Cesc Fàbregas oʻrniga zaxiradan maydonga qoʻshildi. Ushbu oʻyinda jamoa “Maribor” ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Eden Azarning ikkinchi goliga assistentlik qildi.[12]

Ijaralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 25-martida Ake Chempionship klubi “Reding”ga bir oyga ijaraga berildi,[13] oʻzining beshta oʻyinidan birinchisini “Kardiff Siti”ga qarshi oʻyinda, oʻn kundan soʻng 1:1 hisobida durang oʻynadi. Garchi u butun mavsum davomida «Chelsi» safida atigi bir marta ligada oʻynagan boʻlsada, 18-may kuni «Vest Bromvich»da 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan qoʻshilgan, bosh murabbiy Joze Mourino Ake jamoaga qoʻshgan hissasi uchun chempionlik medalini olishini aytdi.[14] 2015-yilning 14-avgustida Ake Chelsi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolaganidan soʻng, Premer-liganing yangi koʻtarilgan klubi Uotfordga bir mavsum ijaraga oʻtdi. 11 kundan soʻng u Hornets safida Preston Nort Endga qarshi Liga kubogi 2-raund oʻyinida debyut qildi va bu oʻz bu oʻyinda jamoasi 1:0 hisobidagi magʻlubiyatga uchradi.[15]  Ake oʻzining Premer-ligadagi ilk oʻyinini 2015-yilning 19-sentabrida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi zaxiradan maydonga tushib, "Uotford"ga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. U oʻzining birinchi golini 20-dekabr kuni Vikaraj Roudda "Liverpul" ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabani toʻrtinchi daqiqasida darvozabon Adam Bogdan xatosidan soʻng kiritdi.[16]

Xertfordshir jamoasida ishlagan vaqtida murabbiy Kike Sanches Flores Akeni asosan chap qanot himoyachisi sifatida oʻynatdi.[17] Uning mehnatkashligi va axloqi unga Uotfordning mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini taqdim etdi.[18] 2016-yilning 29-iyunida Ake 2016-17-yilgi mavsum uchun AFK “Bornmut”iga ijara asosida qoʻshildi.[19] 21-avgustda u Bornmutdagi debyutini safarda "Vest Xem Yunayted"ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi va jamoadoshi Garri Arter Cheyxou Kuyatega bahsdan chetlatilganidan soʻng Jordon Ibening oʻrniga maydonga tushdi.[20] “Vest Xem”dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Ake 24-avgust kuni EFL kubogining ikkinchi bosqichida “Morekambe”ga qarshi oʻyinda toʻliq debyut qildi. 19-noyabr kuni Premer-ligadagi ilk startida Ake “Bornmut” safidagi ilk golini “Stok Siti” ustidan 1:0 hisobida qozonilgan gʻalabada kiritdi.[21] 2016-yilning 4-dekabrida “Bornmut” “Liverpul” bilan oʻynadi va 15 daqiqa qolganida 3:1 hisobidagi farqni yoʻqqa chiqardi va oʻyinda 4:3 hisobida gʻalaba qozondi; Ake 93-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi, oʻzining Premer-ligadagi uchinchi golini va Liverpulga ikkinchi golini kiritdi.[22]

"Chelsi"ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ake 2017-yilning 8-yanvarida “Chelsi” tomonidan chaqirib olindi.[23] 28-yanvar kuni Angliya kubogi 4-raundida Gʻarbiy Londonning “Brentford” klubi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub safida ilk bor maydonga tushdi. Shuningdek, u 18-fevral kuni oʻsha musobaqaning beshinchi raundida "Chelsi"ning "Vulverxempton"ga qarshi oʻyinida (2:0) maydonga tushdi. 22-aprel kuni Ake markaziy himoyada David Luiz va Sezar Aspilikueta bilan birga "Chelsi"ning Angliya kubogi yarim finalida "Uembli" stadionida raqibi "Tottenxem" ustidan qozonilgan 4:2 hisobida gʻalabaga hissa qoʻshdi.[24]

"Bornmut" AFK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 30-iyunida Ake Premer-liganing “Bornmut” klubi bilan 20 million funt sterling miqdoridagi transfer shartnomasini imzoladi va futbolchi ertasi kuni 2017-yilgi transfer oynasi ochilganda rasman yana klubga qoʻshildi. 21-iyul kuni uning sobiq jamoasi "Chelsi" uning transfer shartnomasiga Akeni qaytarib sotib olish bandini kiritgani xabar qilingandi.[25]

Manchester Siti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 5-avgustida Ake 41 million funt sterling evaziga “Manchester Siti” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.[26] Ake 21-sentabr kuni "Siti"ning mavsumdagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va debyut qildi va Premer-ligada "Vulverxempton"ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 27-sentabrda u “Siti” safidagi ilk golini “Lester Siti”ga qarshi oʻz uyidagi 2:5 hisobida gʻalabada kiritdi.[27] 2020-yil 3-noyabrda Ake “Siti” safida Chempionlar ligasidagi debyutini guruh bosqichida “Olimpiakos” ustidan 3:0 hisobida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshish bilan boshladi. Ake Chempionlar ligasidagi ilk golini 2021-yil 15-sentabrda RB Leypsigga qarshi oʻyinda (6:3) kiritdi. Shundan soʻng u golini ogʻir kasallik bilan kasallangan otasiga bagʻishladi.[28]

klub mavsum liga FA kub Liga kub yevropa boshqa umumiy
divizion oʻyin gol oʻyin gol oʻyin gol oʻyin gol oʻyin gol oʻyin gol
Chelsi 2012–13 Premier League 3 0 1 0 0 0 2 0 0 0 6 0
2013–14 Premier League 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2014–15 Premier League 1 0 1 0 2 0 1 0 5 0
2016–17 Premier League 2 0 3 0 0 0 5 0
umumiy 7 0 5 0 2 0 3 0 0 0 17 0
Reading (ijara) 2014–15 Championship 5 0 0 0 0 0 5 0
Watford (ijara) 2015–16 Premier League 24 1 3 0 1 0 28 1
AFC Bournemouth (ijara) 2016–17 Premier League 10 3 0 0 2 0 12 3
AFC Bournemouth 2017–18 Premier League 38 2 1 0 1 0 40 2
2018–19 Premier League 38 4 0 0 1 0 39 4
2019–20 Premier League 29 2 1 0 0 0 30 2
umumiy 115 11 2 0 4 0 121 11
Manchester City 2020–21 Premier League 10 1 0 0 1 0 2 0 13 1
2021–22 Premier League 14 2 5 0 1 0 6 1 1 0 27 3
umumiy 24 3 5 0 2 0 8 1 1 0 40 4
umumiy karyera 175 15 15 0 9 0 11 1 1 0 211 16

Milliy jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ake 2009-yilda 15 yoshgacha boʻlgan debyutidan beri Gollandiyani har bir yoshlar darajasida himoya qilgan va jami 54 ta oʻyinda maydonga tushgan.[29] U U17 va U19 termalarida sardorlik qilgan. Ake 2011 va 2012-yillarda mos ravishda Serbiya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatlarida gʻolib chiqqan ikkala jamoaga ham sardorlik qilgan.[30] Ake, shuningdek, otasi Moise orqali Kot-d'Ivuar vakili boʻlish huquqiga ega edi. Ake milliy terma jamoadagi debyutini 2017-yilda Gollandiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan Marokashga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan.[31]

Milliy jamoa Yil Oʻyin Gol
Gollandiya 2017 5 0
2018 5 1
2019 3 1
2020 6 0
2021 4 0
2022 4 1
umumiy 27 3
Nathan Akening xalqaro maydonlardagi gollari roʻyxati
No. sana joy / maydon raqib goli natija musobaqa
1 4-iyun 2018 Juventus Stadium, Turin, Italiya Italiya 1–1 1–1 oʻrtoqlik
2 19-noyabr 2019 Johan Cruyff Arena, Amsterdam, Gollandiya Estoniya 2–0 5–0 UEFA Euro 2020 saralash
3 26-mart 2022 Johan Cruyff Arena, Amsterdam, Gollandiya Daniya 2–1 4–2 oʻrtoqlik

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ake Janubiy Gollandiyaning Gaaga shahrida tugʻilgan.[32] Uning otasi Kot-d'Ivuardan.[33][34]  Ake anchagina baland boʻyli.[35]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed". Premier League. 2 February 2018. Retrieved 9 February 2018.
  2. "Nathan Aké: Profile". worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Retrieved 31 July 2020.
  3. Smith, Adam (6 August 2020). "Nathan Ake: How would Bournemouth defender improve Manchester City?". Sky Sports. Retrieved 20 January 2021.
  4. Fifield, Dominic (22 December 2010). "Feyenoord lash Premier League after Chelsea land 15-year-old prospect". The Guardian. Retrieved 1 January 2020.
  5. "Nathan Aké, oud Wilhelmus Jeugd speler, definitief naar Chelsea FC" (in Dutch). V.V. Wilhelmus. Archived from the original on 29 November 2014. Retrieved 16 May 2013.
  6. Phillips, Owen. "Norwich 0–1 Chelsea". BBC Sport. Retrieved 26 December 2012.
  7. "Middlesbrough 0–2 Chelsea" BBC Sport. 27 February 2013. Retrieved 27 February 2013.
  8. "Chelsea struggle to finish off Rubin Kazan but reach semi-finals". The Guardian. 11 April 2013.
  9. "Europa League (Sky Sports)". Sky Sports. Retrieved 1 January 2020.
  10. "Archived copy". Chelsea F.C. Archived from the original on 16 November 2013. Retrieved 16 May 2013.
  11. "New Deal for Aké". Chelsea F.C. 8 August 2013.
  12. "Didier Drogba scored his first goal since rejoining Chelsea as they recorded their biggest Champions League win with a dominant victory against Maribor at Stamford Bridge". BBC Sport. 21 October 2014. Retrieved 21 October 2014.
  13. "Royals Sign Nathan Ake on Loan". Reading F.C. Retrieved 25 March 2015.
  14. "Every Chelsea player to get a Premier League medal says Jose Mourinho". ESPN FC. Retrieved 1 January 2020.
  15. "Championship Preston reached round three of the Capital One Cup as Marnick Vermijl's goal saw off Premier League Watford, who finished with 10 men". BBC Sport. Retrieved 25 August 2015.
  16. "Watford 3-0 Liverpool". BBC Sport. 20 December 2015. Retrieved 1 January 2020.
  17. Smith, Adam (6 August 2020). "Nathan Ake: How would Bournemouth defender improve Manchester City?". Sky Sports. Retrieved 20 January 2021.
  18. Barlow, Matt (18 May 2016). "Watford: END OF SEASON AWARDS: Gomes Named 2015/16 Player Of The Season". Watford F.C. Archived from the original on 3 June 2016. Retrieved 5 July 2016.
  19. "Ake loaned to the Cherries". Chelsea F.C. 29 June 2016.
  20. "West Ham United 1–0 Bournemouth". BBC Sport. 21 August 2016. Retrieved 21 August 2016.
  21. "Stoke City 0–1 Bournemouth". BBC Sport. 19 November 2016.
  22. "Bournemouth 4-3 Liverpool". BBC Sport. Retrieved 14 January 2022.
  23. "Nathan Ake: Chelsea recall defender early from Bournemouth loan". BBC Sport. Retrieved 8 January 2017.
  24. "Chelsea 4–2 Tottenham". BBC Sport. 22 April 2017.
  25. "Chelsea are selling Nathan Ake to Bournemouth for £20m but are already thinking about buying him back". The Independent. 29 June 2017. Archived from the original on 18 June 2022. Retrieved 1 January 2020.
  26. Pollard, Rob. "Nathan Ake completes City switch". www.mancity.com.
  27. "Manchester City 2–5 Leicester City". BBC Sport. 27 September 2020.
  28. "Nathan Ake: Manchester City defender's father died minutes after first UEFA Champions League goal". BBC Sport. 16 September 2021. Retrieved 17 September 2021.
  29. "N. AKÉ". Soccerway. Perform Group. Retrieved 26 September 2014.
  30. "Captain Aké learns from Chelsea stars". UEFA. Retrieved 14 May 2012.
  31. "Morocco 1 Netherlands 2: Promes and Depay shine as 10-man visitors hold on". beIN SPORTS. Retrieved 1 January 2020.
  32. "Nathan Aké". 11v11.com. AFS Enterprises. Retrieved 31 July 2020.
  33. "Nathan Aké on Watford, Mourinho and the Chelsea loanees' WhatsApp group". The Guardian. Retrieved 17 April 2016.
  34. "Near and Far: Nathan Ake". Chelsea F.C. Retrieved 3 May 2017.
  35. Fisher, Ben (30 July 2018). "Premier League 2018–19 preview No 2: Bournemouth". The Guardian.