Kontent qismiga oʻtish

Nataliya Kobrinska

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nataliya Kobrinska
Наталія Кобринська
Tavalludi
Nataliya Ozarkevich

8-iyun 1851-yil
Vafoti 22-yanvar 1920-yil(1920-01-22)
(68 yoshda)
Bolexiv, Ukraina xalq respublikasi
Fuqaroligi Avstriya-Vengriya imperiyasi va Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi
Kasbi Yozuvchi, feminist
Turmush oʻrtogʻi Teofil Kobrinski
Otasi Ivan Ozarkevich
Onasi Teofilia Okunevska

Nataliya Kobrinska (8-iyun 1851-yil – 22-yanvar 1920-yil) – ukrainalik yozuvchi, sotsialist feminist[1], va avstriya-vengriyalik faol[2].

Avstriya parlamentiga keyinchalik saylangan ruhoniy Ivan Ozarkevich va Teofilia Okunevskaning qizi Nataliya Ozarkevich 1851-yil 8-iyunda Avstriya-Vengriyaning Galitsiya viloyatidagi Beleluya qishlogʻida tugʻilgan. Oʻsha davrda ayollarga boshlangʻich taʼlimdan ykeyingi taʼlimda oʻqishga ruxsat berilmagani sababli Nataliya asosan uyda taʼlim olgan. Nataliya bir nechta tillarni oʻrgangan: nemis, fransuz, polyak va rus tillarini, hamda turli mamlakatlar adabiyotini oʻqigan. 1871-yilda Nataliya Teofil Kobrinskiga turmushga chiqqan. Bir necha yildan soʻng eri vafot etgach, Nataliya ota-onasi bilan yashash uchun Bolexivga qaytishga majbur boʻlgan[2].

Kobrinska otasi bilan Venaga bordi va u yerda Ivan Franko bilan uchrashgan. Franko Nataliyani ukrainalik ayollar maqomini yaxshilash va ularni erkaklar bilan tenglikka intilishga undagan[3]. 1884-yilda Nataliya ayollarni adabiyot bilan tanishtirish va ayollar huquqlari boʻyicha munozaralarni targʻib qilish orqali maʼrifatli qilish maqsadida Tovaristvo Ruskix Jinok (Ruteniya ayollari uyushmasi)ni tashkil etgan[2]. 1890-yilda Nataliya ayollarga universitetda oʻqishga ruxsat berish uchun Taʼlim vaziri bilan muzokaralar olib borgan delegatsiyaning bir aʼzosi boʻlgan. Nataliya, shuningdek, umumiy saylov huquqi, bolalar kunduzgi parvarishi va jamoat oshxonalari gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan[3].

Nataliya oʻzining birinchi „Shuminska“ (keyinchalik „Zamon ruhi“ nomi bilan tanilgan) hikoyasini 1883-yilda yozgan; keyingi yili esa „Zadlia kusnika xliba“ („Bir burda non uchun“) qissasini yozgan[4]. 1887-yilda Olena Pchilka bilan hamkorlikda ukrainalik ayollar asarlaridan iborat „Pershyi vinok“ („Birinchi gulchambar“) toʻplamini tahrir qilgan[3]. Nataliyaning „Jinocha Sprava“ („Ayollar ishi“) nashriyoti ukrainalik yozuvchi Anna Pavlikning asarlarini oʻz ichiga olgan „Nasha dolya“ („Bizning taqdirimiz“) nomli ayollar almanaxining uch sonini chop etgan[4][3]. 1893—1896-yillarda Nataliya Kobrinska nashriyot ishlariga faol qatnashgan. Nataliyaning „Jinocha Sprava“ nashriyoti „Bizning taqdirimiz“ almanaxining uch kitobini nashr etgan. Kitob nashr etish jarayonini yanada samarali yoʻlga qoʻyish va feministik gʻoyalarni keng yoyish uchun qulay sharoit izlab, Nataliya Kobrinska Lvov shahriga koʻchib oʻtgan.

Nataliya 1920-yil 22-yanvarda Bolexivda vafot etgan[4].

Nataliyaning quyidagi asarlari inglizchaga tarjima qilingan: „The Spirit of the Times“ (1998) va „Warm the Children, O Sun“ (1998)[3].

  1. Bohachevsky-Chomiak, Martha. Feminists Despite Themselves: Women in Ukrainian Community Life, 1884-1939. CIUS Press, 1988 — 71-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 de Haan, Francisca. Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe: 19th and 20th Centuries, 2006 — 244–47-bet. ISBN 9637326391. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Nataliya Kobrynska (1855-1920)“. Women's Voices in Ukrainian Literature. Language Lanterns Publications.
  4. 4,0 4,1 4,2 „The Pioneer of Ukrainian Feminism“. The Day (2005-yil 5-iyul).