Natalie Wood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalie Wood

Wood 1973-yilda
Tavalludi
Natalie Zacharenko[1]

20-iyul 1938-yil
Vafoti 29-noyabr 1981-yil(1981-11-29)
(43 yoshda)
Santa Catalina oroli, California, AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1943–1981
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2

Natalie Wood (talaffuzi: Natali Vud; tavallud paytidagi ismi Natalie Zacharenko; 20-iyul 1938-yil — 29-noyabr 1981-yil) amerikalik aktrisadir.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalie Zacharenko 1938-yil 20-iyulda San Franciscoda rossiyalik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi — Nikolay Steponovich Zacharenko. Vladivostok shahrida tugʻilgan. Onasi — Mariya Steponovna Zudilova. Asl tugʻilgan joyi Barnaul. Kichik singlisi — Lana Wood. U ham opasi kabi aktrisa boʻlgan. Yozuvchilik va produserlik ham shugʻullangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalie toʻrt yoshidan boshlab filmlarda rol ijro eta boshlagan. U Miracle on 34th Street („34-koʻchadagi moʻjiza“), The Ghost and Mrs. Muir („Arvoh va Mrs. Muir“) va Scudda Hoo! Scudda Hay! kabi filmlarga suratga tushgan va sevimli bolalar aktyoriga aylandi. Natalie Wood 1961-yil suratga olingan West Side Story („West Side hikoyasi“) filmidagi Mary roli orqali shuhrat qozongan. Shuningdek, uning Gypsy („Loʻli“) va The Great Race („Katta poyga“) lentalaridagi ishi muvaffaqiyatli boʻldi . U mahalliy tomoshabinlarni Blake Edwardsning mashhur The Great Race kinokomediyasidagi ekssentrik Maggie DuBois (talaffuzi: Meggi Dyubois) roli tufayli sevib qoldi. Uning Splendor in the Grass („Oʻtlardagi uluģvorlik“), Love with the Proper Stranger („Munosib begona bilan muhabbat“) filmlaridagi rollari unga yana ikki marta Oscar mukofotini olishiga sababchi boʻldi. Natalie Woodning karyerasi 1960-yillarda muvaffaqiyatli boʻldi va yangi oʻn yillik boshlanganda Natalie oʻzini oilasiga bagʻishlagan. Karyeraga esa kamroq harakat qilgan. Soʻnggi asosiy rollaridan biri boʻlgan aktrisa 1979-yilda From Here to Eternity („Bu yerda abadiygacha“) mini-serialida rol ijro etgan. Aktrisaning oʻlimidan soʻng 1983-yilda uning ishtirokidagi Brainstorm („Aqliy hujum“) filmi chiqdi va unda Natalie Karen Brace rolini ijro etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalie Wood 1957-yili aktyor Robert Wagner bilan turmush qurdi. Ular 1961-yilga qadar birga boʻldilar. 1962-yilda esa rasman ajrashishgan. 1969-yilda esa Natalie britaniyalik produser Richard Gregsonga turmushga chiqdi. U bilan esa 1972-yil ajrashdi. 1972-yil u Robert Wagner bilan munosabatni tikladi va unga 1974-yi turmushga chiqdi va 2 ta farzandli boʻldi: Natasha Gregson Wagner va Courtney Wagner. Natalie Robert Wagner bilan soʻnggi kuniga qadar yashadi. U 1981-yil 29-noyabrdan 30-noyabrga oʻtar kechasi Kaliforniyadagi Santa-Katalina oroli yaqinida suzib kelayotganda noaniq sharoitda vafot etdi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oscar nominatsiyasi
  • 1955 — „Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa“
  • 1961 — „Eng yaxshi aktrisa“
  • 1963 — „Eng yaxshi aktrisa“


Oltin globus mukofoti
  • 1961 — „Dramadagi eng yaxshi aktrisa“
  • 1962 — „Eng yaxshi aktrisa, komediya/musiqiy“
  • 1963 — „Eng yaxshi aktrisa, drama“
  • 1965 — „Eng yaxshi aktrisa, komediya/ musiqiy“
  • 1966 — „Eng yaxshi aktrisa, drama“
  • 1979 — „Eng yaxshi aktrisa, teledrama“


BAFTA nominatsiyasi
  • 1962 — „Eng yaxshi xorijiy aktrisa“


Saturn nominatsiyasi
  • 1983 — „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Natasha' – The Natalie Wood Story“. CBS News (1-avgust 2001-yil). 7-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.