Natalie Imbruglia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalie Imbruglia

Natalie Imbruglia Cannes Film Festivalida (2008)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Natalie Jane Imbruglia
4-fevral 1975-yil (1975-02-04) (49 yosh)
Fuqaroligi Avstraliya va Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi Daniel Johns
Janr Britpop, alternativ rok, indie
Amplua qoʻshiqchi va aktrisa
Faoliyat yillari 1989–bugun
Veb-sayt natalieimbruglia.com

Natalie Jane Imbruglia (talaffuzi: Natali Jeyn Imbrulya; 4-fevral, 1975) — avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalie Imbruglia 1975-yil 4-fevralda Sidney yaqinidagi Birkleueil nomli shaharchada italiyalik immigrant va avstraliyalik aborigen oilasida tavallud topadi. Yoshligidan Natali balet bilan shugʻullana boshlaydi. Vokal bilan 13 yoshidan beri professional tarzda shugʻullanadi. Avval televizion reklama, keyinchalik "Qoʻshnilar" serialida suratga tushishni boshlaydi. Shu serialdan oʻz karyerasini Kayli Minoug ham boshlagan edi.

1994-yili Imbrulya Londonga koʻchib ketadi. U yerda Cure guruhining ishtirokchisi Fil Tornelli va BMGning faoliyatchisi Mark Foks bilan tanishadi. Londonda u Ednaswap guruhi aytgan „Torn“ qoʻshigʻining demo-versiyasini yozadi va RCA Records leybli bilan shartnoma imzolaydi. Bu singl 1997-yili chiqadi va Britaniya rasmiy sotuvlar chartida ikkinchi oʻrinni egallab, xalqaro hitga aylanadi. Tarona Britaniya gazetasi Daily Mirror tomonidan yilning singli deb eʼlon qilinadi, Natalining oʻzi esa „yilning eng yaxshi ayol vokalchisi“ nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni egallaydi. „Torn“ qoʻshigʻini „Bolalar“ guruhi „Sogʻindim ishon“ nomi bilan oʻzbek tilida aytgan.

1998-yili u MTV Video Music Awards'da „eng yaxshi yangi ijrochi“ nominatsiyasida birinchi oʻrinni, 1999-yili esa „Gremmi“ning nominatsiyasida gʻalaba qozonadi. Singl ketidan Left of the Middle nomli debyut albom chiqadi.

2002-yilda Natali rejissyor Piter Hauittning „Agent Jonni Inglish“ komediyaviy filmida suratga tushadi. 2003-yilda Silverchair guruhining musiqachisi Deniel Jonsga turmushga chiqadi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalie Imbruglia 2005-yilda
  • „Torn“ (1997)
  • „Big Mistake“ (1998)
  • „Wishing I Was There“ (1998)
  • „Smoke“ (1998)
  • „Identify“ (1998)
  • „That Day“ (2001)
  • „Wrong Impression“(2002)
  • „Beauty on the Fire“ (2002)
  • „Shiver“ (2005)
  • „Counting Down the Days“ (2005)
  • „Glorious“ (2007)
  • „Want“ (2009)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]