Nat Loftxaus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Nathaniel Lofthouse (inglizcha: Nathaniel Lofthouse),Nat Loftxaus nomi bilan mashhur (inglizcha: Nat Lofthouse)-ingliz futbolchisi va markaziy hujumchi.Faoliyati davomida u Angliyaning „Bolton Uonderers“ klubida oʻynagan.33 ta oʻyinda 30 ta gol urgan Angliya terma jamoasi tarixidagi eng samarali toʻpurarlardan biri.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nat Loftxaus 1925-yil 27-avgustda Lankashirning Bolton shahrida tugʻilgan.1939-yil 4-sentabrda u „Bolton Uonderers“ bilan shartnoma imzoladi.1941-yil 22-martda „Beri“ga qarshi oʻyinda jamoa uchun debyut qildi.Bu oʻyinda „Bolton Uonderers“ 5:1 hisobida gʻalaba qozondi (Nat bu oʻyinda ikkita gol urdi).Shundan soʻng urush tufayli musobaqa toʻxtatildi va faqat besh yil oʻtgach,Loftxaus chempionatda klubi uchun birinchi oʻyinini oʻtkazdi.Bu 1946-yil 31-avgustda "Chelsi" ga qarshi oʻyin edi. Unda Nat „dubl“ qildi, ammo uning klubi 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.1950-yil 22-noyabrda 25 yoshli Loftxaus Angliya terma jamoasidagi debyutini „Xayberi“da Yugoslaviyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.Bu oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi (Nat ikkala golni ham urdi).

1952-yil 25-mayda Avstriya terma jamoasi darvozasiga 2 ta gol urgan Loftxaus „Vena sheri“ laqabini oldi.Bu uchrashuvda Angliya 3:2 hisobida zafar quchdi.1952-yil 24-sentabrda Angliya futbol ligasi va Irlandiya ligasi oʻrtasidagi oʻyinda u 6 ta gol urdi.

1953-yilda Loftxaus PFA talqini boʻyicha yilning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.Oʻsha yil 2-may kuni u mashhur Angliya kubogi finalida („Stenli Metyuz finali“) oʻynadi va gol urdi.Ammo uning jamoasi „Blekpul“ga 4:3 hisobida yutqazdi.Oʻsha Angliya kubogida Loftxaus har turda gol urdi. Bundan tashqari u 30 ta gol bilan Birinchi divizion toʻpurari boʻldi.1958-yil 22-oktabrda Loftxaus Londonda Angliya terma jamoasi tarkibida SSSR terma jamoasi bilan oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.Bu oʻyinda Nat 30-golini urib Vivian Vudvordning 47 yillik rekordini yangiladi.

1958-yil 3-mayda 1953-yilgi finalda magʻlub boʻlganidan 5 yil oʻtib,Loftxaus Angliya kubogi finalida uch oy oldin Myunxendagi aviahalokatdan omon qolgan "Manchester Yunayted"ga qarshi oʻyinda Bolton sardori boʻldi. „Yunayted“ga milliy hamdardlik toʻlqiniga qaramay Bolton 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.Ikkala gol ham Loftxaus tomonidan kiritildi.Ikkinchi gol esa juda bahsli boʻldi va hozirgacha qizgʻin muhokama qilinadi.Loftxaus „Yunayted“ darvozaboni Garri Gregga hujum qildi va uni darvozaga itarib yubordi.Gol hisoblanardi, chunki oʻsha paytlarda darvozabonni yelkasi bilan turtish qoida buzilishi hisoblanmasdi.

1958-yil 26-noyabrda 33 yoshli Loftxaus Angliya terma jamoasi safidagi soʻnggi oʻyinini Uels terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi.1960-yil yanvarda u toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.Biroq aslida uning soʻnggi oʻyini 1960-yil 17-dekabrda „Birmingem Siti“ga qarshi boʻlib, tizzasidan jarohat oldi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach Loftxaus murabbiy yordamchisi (1961-yildan),1967-yilda esa klubga bosh murabbiy etib tayinlandi.1968-yilda u qisqa muddat „Bolton“ bosh murabbiyi sifatida ishladi.Oʻsha yilning 18-dekabrida u toʻliq bosh murabbiy etib tayinlandi.1970-yilda Loftxaus „Bolton“ bosh murabbiyi lavozimidan isteʼfoga chiqdi.Shundan soʻng u klubning bosh skauti shuningdek Boltonning Burden shahrida maʼmuri boʻlib ishladi.1978-yilda „Bolton Uonderers“ klubining moliyaviy menejeri boʻldi.1985-yilda 60 yoshli Loftxaus klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi,1986-yilda esa „Bolton“ prezidenti etib tayinlandi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nafaqaga chiqqanidan keyin Loftxaus koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. 1989-yil 2-dekabrda u Boltonning faxriy fuqarosi unvoniga sazovor boʻldi.1994-yil 1-yanvarda u Britaniya imperiyasining ordeni (OBE) bilan taqdirlandi.1997-yil 18-yanvarda Boltonning yangi „Reebok“ stadionining Sharqiy tribunasiga uning nomi berildi.

„Bolton“ Nat Loftxausning 80 yilligini keng nishonladi.Jumladan „Reebok Stedium“ stadionida ziyofat uyushtirdi[1].PFA ijrochi direktori Gordon Teylor sobiq Bolton oʻyinchisi Nat Loftxausni ritsar qilish kampaniyasini boshladi[2]. 2002-yilda Loftxaus Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boltonda Loftxaus nomi bilan atalgan „Vena sheri“ pablar keng tanilgan.U „Chorley New Road“da,Bolton xususiy maktabi roʻparasida joylashgan.

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Makron“ stadionidagi Loftxaus haykali

2011-yil 15-yanvarda Loftxaus qariyalar uyida uxlab yotganida vafot etdi[3][4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Bolton Uonderers“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar-285 ta gol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]