Kontent qismiga oʻtish

Nasta Rojc

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nasta Rojc

Ludwig Grillich tomonidan ishlangan portret, 1926-yildan oldin
Tavalludi
Jerka Hermina Ljubica Rojc

6-noyabr 1883-yil
Bjelovar, Xorvatiya–Slavoniya Qirolligi, Avstriya–Vengriya
Vafoti 6-noyabr 1964-yil(1964-11-06)
(81 yoshda)
Zagreb, Xorvatiya Sotsialistik Respublikasi, Yugoslaviya Sotsialistik Federal Respublikasi
Fuqaroligi Mojariston, Kingdom of Serbs, Croats and Slovenes, Yugoslaviya qirolligi, Independent State of Croatia va Socijalistička Federativna Republika Jugoslavija
Kasbi rassom
Faoliyat yillari 1909–1949

Jerka Hermina Ljubica Rojc (1883-yil 6-noyabrda tugʻilgan – 1964-yil 6-noyabrda vafot etgan) – Nasta Rojc nomi bilan ham mashhur boʻlgan xorvat rassomi.

1883-yilda Bjelovarda tavallud topgan Nasta Rojc sogʻligi zaif va jamoadan ajralib yashaydigan qiz boʻlgan. Maktabda oʻqishnni ham, boshqa bolalar bilan oʻynashni ham yoqtirmasdi, biroq ov qilish va ot minishni sevardi. Yoshligida oʻzini ateist deb eʼlon qilganidan soʻng otasi uni monastir maktabiga oʻqishga yuborgan. Rojc tushkunlikka tushib qoladi va 15 yoshida dengiz boʻyidagi Kraljevica shahriga yuboriladi. U yerda Branko Šenoa bilan tanishadi va Šenoa unga rassom boʻlish uchun ilhom beradi. Otasi bunga qarshi chiqadi, biroq Rojc ovqat pishirishni oʻrganishga rozi boʻlgach, otasi uning sanʼat maktabiga borishiga ruxsat beradi. Rojc Zagreb, Vena va Münchenda tahsil olgan, rasm chizish, haykaltaroshlik va oʻymakorlik sanʼatini oʻrgangan. Otasi uni turmushga chiqishga majbur qilganida lezbian Rojc Branko Šenoa bilan lavanda nikoh qurgan. Buning evaziga otasi unga ustaxona topishda va yashash xarajatlarini qoplashda yordam bergan.

1909-yildan boshlab Rojc Zagrebdagi Xorvatiya sanʼat jamiyati bilan birgalikda oʻz asarlarini namoyish etdi va Salon Ullrichda shaxsiy koʻrgazmasini ochgan birinchi ayolga aylandi. Birinchi jahon urushi boshlangunga qadar Sharqiy Yevropa poytaxtlarida oʻtkazilgan koʻplab koʻrgazmalarda ishtirok etgan. Urush paytida portretar ishlash uchun koʻplab buyurtmalar oldi va avtobiografiya ustida ishladi. Aynan shu davrda Rojc urush paytida Serbiya va Sarayevoda xorijiy xizmat uchun Shotlandiya ayollar kasalxonalarida ishlagan lezbian ayollar guruhi bilan tanishdi. Urush tugagach, bu ayollar Bajina Baštada yetimxonaga asos soldilar. Ular orasida britaniyalik aristokrat Aleksandrina Onslow ham boʻlgan, u keyinchalik Rojcning turmush oʻrtogʻiga aylangan.

Yoshlik yillari va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasta nomi bilan tanilgan Jerka Hermina Lyubitsa Rojc 1883-yil 6-noyabrda Avstriya-Vengriya imperiyasining Xorvatiya-Slavoniya Qirolligi, Bjelovar shahrida Slava (qizlik familiyasi Blažić) va Milan Rojc oilasida tugʻilgan[1]. Uning Slavica, Ljerka, Slava, Vjera, Milan va Vladimir ismli aka-uka va opa-singillari bor edi. Ammo Slavica va Ljerka yoshligida vafot etgan va Bjelovardagi Avliyo Andrew qabristoniga dafn etilgan[1]. Otasi Milan taniqli huquqshunos[2], siyosatchi va madaniyat arbobi boʻlib, Xorvatiyada oʻrta taʼlimni rivojlantirishda munosib hissa qoʻshgan[1].

Rojc oʻz shahridagi boshlangʻich maktabda taʼlim olgan[3]. U doimiy kasal boʻlgan, maktabini ham, boshqa bolalar bilan oʻynashni ham yoqtirmagan. Biroq u ot minish va ovchilikka qiziqqan[4]. Rojc oʻzini ateist deb eʼlon qilganidan soʻng, otasi uni Avstriyaning Grats shahridagi Ursuline monastiri qoshidagi Sacré Coeur (Muqaddas yurak) maktabiga yuborgan[2]. Rojc bu davrni „azobli“ deya taʼriflagan[5]. Oilasidan koʻp mehr koʻrmaganligi sababli, tushkunlikka tushgan va 15 yoshida sogʻligʻini tiklash uchun dengizboʻyidagi Kraljevica shahriga yuborilgan. U yerda rassom Branko Šenoa bilan tanishgan va bu doʻstlik uning rassomlikka qiziqishini uygʻotgan[6].

Shundan soʻng otasi unga Bjelovarga qaytishga ruxsat bergan, u yerda ikki yil davomida Realgymnasiumda tahsil olgan[3] va Josip Hohnjec bilan rasm chizishni oʻrgangan. 1901-yilda[2] Zagrebdagi Oton Ivekovićning shaxsiy maktabida taʼlim olgan[7]. Keyingi yili Rojc Avstriyaning Vena shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda Ayollar va qizlar sanʼat maktabiga (Kunstschule für Frauen und Mädchen) oʻqishga kirgan. Shu bilan birga Köllnerhofgasse koʻchasidagi fotografiya maktabida ham darslarga qatnashgan[8]. 1904-yilga qadar Tina Blau, Ludwig Michalek va Hans Tichy qoʻl ostida natyurmort va tabiat manzaralari (plein-air) chizishni oʻrgangan[7].

  1. 1 2 3 Rojc 2011.
  2. 1 2 3 Zorko 2019.
  3. 1 2 Degener 1914.
  4. Čajdo et al. 2021.
  5. Terbovc 2019a.
  6. Terbovc 2019b.
  7. 1 2 Croatian Encyclopedia Online 2020.
  8. Roban 2020.