Nasrulla (Buxoro amiri)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim
Nasrulla.jpg

Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826).

N. oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. N. jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. N. davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.

N. Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun Qoʻqon xonlari tomonidan tortib olingan Xoʻjand, Ura-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi (1840—42). Fargʻona vodiysi ulamolarining tala-bi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixotsh qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabetmnp ham oʻldirtiradi. N. tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahal-liy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirdi. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketadi. N. Marvni ham Buxoroga boʻysindiradi (1843). Shuningdek, N. qoʻshini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan soʻng Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valineʼma)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi.

N. hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya man-faatlari oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi.

N. tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy "Fathnomai sultoniy" ("Sulton fathnomasi") asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yoshAhmad Donish N. nazariga tushib, sa-royga xizmatga olingan. N. Buxoroda dafn etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Traktat Axmad Donisha "Istoriya man-gitskoy dinastii". Dushanbe, 1967; Mirza Abdal’azim Sami. Tarixi salatin-i mangitiyya. M., 1962; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Mangʻitlar sulolasi (1756-1920)

Muhammad Rahim 17561758
Doniyolbiy 17581785
Shohmurod 17851800
Haydar 18001826
Nasrullo 18261860
Muzaffar 18601885
Abdulahad 18851910
Olimxon 19101920