Bu maqolani tinglang

Nargiz (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
„Nargiz“
Kamoliddin Rahimov qoʻshigʻi
Qachon chiqarilgan 1976
Yozib olingan 1978
Joy anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 4:10
Matn muallif(lar)i Komil Avazov (Komil Devoniy)
Bastakor(lar) Kamoliddin Rahimov
Klipi
„Nargiz“ YouTubeda

Nargiz“ — oʻzbek xonandasi Kamoliddin Rahimov ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni 1976-yil Rahimovning oʻzi oʻzbek shoiri Komil Avazov (taxallusi Komil Devoniy) yozgan gʻazalga bastalagan[1]. Qoʻshiq 1978-yil gramplastinkaga yozilgan[2]. „Nargiz“ Rahimov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir[1].

Rahimovga qoʻshiqni yozish fikri Oʻzbeksitonning Namangan viloyati, Chust tumanida joylashgan Gʻova togʻida doʻsti bilan dam olayotgan paytida kelgan[1]. Oʻsha yerda Rahimov Komil Devoniy taxallusi bilan ijod qilgan paxta rahbari Komil Avazov qalamiga mansub „Ey, yuzing koʻzgusiga volai hayron, Nargiz“ gʻazalini oʻqigan. Gʻazal Rahimovga xush kelgan va sanʼatkor unga qoʻshiq bastalashga qaror qilgan[2].

Rahimov ertasi kuni qoʻshiqning ilk versiyasini Erkinjon ismli doʻstiga xirgoyi qilib bergan[2]. Doʻsti ashulani eshitib, „ehehey“ degan qismi balki shart emasligini aytgan. Bunga javoban Rahimov „Ey doʻstim, mana shunisi shu ashulaning koʻrki boʻladi, xudo xohlasa“, degan[1]. Rahimov keyingi yarim yil davomida ashulani yaxshilash ustida ishlagan.

Rahimov ashulani omma oldida ilk marotaba oʻzi tor chertib kuylagan, Namangandagi drama teatri xodimi Nosir Zokir esa dutor bilan joʻr boʻlgan[2]. Zokir qoʻshiq dastlab ijro etilganida tinglovchilar „ehehey“ degan joyini eshitib, kulganini aytgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan qoʻshiqning aynan shu qismi bilan keng tanilgan. Rahimov Avazov yozgan gʻazalda boʻlmagan „Xabar olmaysan hargiz“ jumlasini oʻzi qoʻshgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Kamoliddin Rahimov savollaringizga javob berdi“. BBC (5-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 30-may 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Bobojon, Shuhrat „“Nargiz” qoʻshigʻi bilan tanilgan Kamoliddin Rahimov olamdan oʻtdi“. Ozodlik radiosi (25-fevral 2015-yil). Qaraldi: 30-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 6-iyul, 2022-yil(2022-07-06) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.