Nargis (ism)
Qiyofa
| Nargis | |
|---|---|
| (forscha: نرگس) | |
| Jins | ayol |
| Boshqa shakllari | Nargiz |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
forscha: نرگس |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Nargis (forscha: نرگس) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nargis ism forschadan (نرگس) koʻra yunoncha „Narkisos“ soʻzidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. Yunon mifologiyasiga koʻra „Narkisos“ oʻz husniga oshiq boʻlib, shu ishqdan halok boʻlgan va maʼbudlar tomonidan shu nomdagi gulga aylantirilgan yosh yigit boʻlgan[1].
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nargis Datt — hind kinosida ishlagan hind aktrisasi va siyosatchisi;
- Nargis Fakhri — asosan hind filmlarida rol oʻynaydigan amerikalik aktrisa va model;
- Nargis Muhammadiy — eronlik inson huquqlari faoli va Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Shirin Ebadiy boshchiligidagi Inson huquqlari himoyachilari markazi (DHRC) vitse-prezidenti;
- Nargis Qosimova — oʻzbek jurnalisti, filologiya fanlari doktori, professor, „Ekolog“ jamoat birlashmasi direktori.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „„N“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 3-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |