Napitki pokrepche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Napitki pokrepche“
„Zveri“ qoʻshigʻi
„Rayoni-kvartali“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2004
Yozib olingan 2003
Janr alternativ-rok
Davomiyligi 3:52
Matn muallif(lar)i Roman Bilik
Bastakor(lar) Roman Bilik
„Rayoni-kvartali“ xronologiyasi
„Molnii“ Napitki pokrepche „Vsyo vperedi“
Klipi
„Napitki pokrepche“ YouTubeda

Napitki pokrepche“ (ruscha: Напитки покрепче, yaʼni „Kuchliroq ichimliklar“) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Guruhning oʻsha yili chiqarilgan „Rayoni-kvartali“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Roman Bilik yozgan. 2020-yil chop etilgan „Jiviye poeti II“ kitobida Rossiyaning Sengiley shahrilik oʻsmir qoʻshiq soʻzini qisman yozganini iddao qilgani eʼtirof etilgan[1].

„Napitki pokrepche“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq uchun olingan klip „Muz-TV“ va „MTV Rossiya“ telekanallarida muntazam ravishda namoyish qilingan[2].

Qoʻshiqning pianino va gitara partiyalari boshqacharoq aranjirovkadagi versiyasi „Luchsheye“ (2013) hamda „Vsye luchsheye v odnom“ (2014) terma albomlariga kiritilgan. Shuningdek, taronaning jonli ijro etilgan akustik versiyasi „Akustik“ (2009) nomli albomdan oʻrin olgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Живые поэты. Книга II. Москва: АСТ, 2020. ISBN 978-5-17-120064-0. 
  2. „Звери“. Last.fm. Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]