Kontent qismiga oʻtish

Naomi Osaka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Naomi Osaka

Osaka 2020-yilda
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Istiqomat joyi Beverly Hills, Kaliforniya, AQSh
Tugʻilishi 16-oktyabr 1997-yil (1997-10-16) (28 yosh)
Chūō-ku, Osaka, Yaponiya
Boʻyi 180 sm
Professionallik 2013-yil sentyabr
Ishlatadigan qoʻli oʻng
Murabbiy Wim Fissette [en] (2020–2022; 2024–)
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $21 191 252[1]
Rasmiy sayti naomiosaka.com
Yakkalik bahslar
Rekordi 319–179
Jami titullari 7
Eng yuqori pozitsiyasi 1 (2019-yil 28-yanvar)
Joriy pozitsiyasi 833 (2024-yil 8-yanvar)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (2021)
French Open 3R (2018, 2019)
Wimbledon 3R (2017, 2018)
US Open W (2018, 2020)
Boshqa turnirlar
Tour Finals RR (2018, 2019)
Olympic Games 3R (2020)
Juftlik bahslari
Rekordi 2–15
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi 324 (2017-yil 3-aprel)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 1R (2017)
French Open 2R (2016)
Wimbledon 1R (2017)
US Open 1R (2016, 2017)
Jamoa musobaqalari
Fed Cup WG II PO (2018)
Hopman Cup RR (2018)
Soʻnggi marta yangilandi: 2023-yil 9-yanvar.

Naomi Osaka (yaponcha: 大坂 なおみ, Ōsaka Naomi; 1997-yil 16-oktyabrda tugʻilgan) – yaponiyalik professional tennischi, toʻrt karra „Katta dubulgʻa“ turnirlari, yetti karra WTA turnirlari chempioni. 2019-yil yanvaridan boshlab 25 hafta davomida WTA reytingida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning 1-raqamli tennischisi sifatida tan olingan[2][3]. Naomi yakka bahslar boʻyicha reytingda birinchi oʻringa chiqqan ilk osiyolik tennischi hisoblanadi. Avstraliya ochiq chempionati va Amerika ochiq chempionatida ikki karra chempionlikni qoʻlga kiritgan. Yakkalik bahslarida „Katta dubulgʻa“ turnirida gʻolib chiqqan ilk yaponiyalik tennischi hisoblanadi.

Naomi Osaka Yaponiyada tugʻilgan. Otasi haiti-amerikalik, onasi esa yaponiyalik. Uch yoshidan boshlab AQShda yashab, u yerda tennis boʻyicha mashgʻulotlar olib borgan. Osaka ilk bor 16 yoshida ommaga tanilgan. 2014-yilda 2014 Bank of the West Classic (ayollar yakkalik bahslari) WTA Tourdagi debyutida sobiq Amerika ochiq chempionati chempioni Samantha Stosurni magʻlub etgan. 2016-yilda Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2016 Toray Pan Pacific Open (ayollar yakkalik bahslari) turnirida ilk bor WTA finaliga chiqib, WTA reytingining kuchli 50 taligiga kirgan.

2018-yilda Osaka ayollar tennisining yuqori qatlamiga kirib bordi. 2018 BNP Paribas Open (ayollar yakkalik bahslari) ochiq chempionatida birinchi turnir darajasidagi chempionlikni qoʻlga kiritdi va Amerika ochiq chempionati finalida Serena Williamsni magʻlub etdi. 2019-yil boshida Avstraliya ochiq chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng ilk bor dunyo reytingida 1-oʻringa koʻtarildi. Keyingi yillarda yana ikki marta „Katta dubulgʻa“ turnirlarida gʻalaba qozondi. 2021-yilda esa depressiya va boshqa ruhiy muammolar tufayli Fransiya Ochiq chempionatidan rasman voz kechdi va Wimbledondan ham chetlashtirildi. 2023-yilda tugʻruq ta’tiliga chiqdi va 2024-yilda musobaqalarga qaytdi.

  1. „Career Prize Money Leaders“. WTA Tennis. Qaraldi: 2024-yil 7-yanvar.
  2. Ganguly, Sudipto „Osaka edges Kvitova to claim Australian Open crown“. Reuters (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  3. „Osaka clinches second straight Slam, No.1 ranking at Australian Open over Kvitova“. WTA Tennis. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.