Kontent qismiga oʻtish

Naomi Campbell

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Naomi Campbell

Campbell 2008-yilgi Cannes film festivalida
Tavalludi 22-may 1970-yil (1970-05-22) (55 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Italia Konti teatr sanʼati akademiyasi
Kasbi
  • Model
  • aktrisa
  • media olamidagi mashhur shaxs
Faoliyat yillari 1978–hozirgacha
Bolalari 2
Onasi Valerie Morris Campbell
Modellik
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m)[2]
Soch rangi qora[2]
Koʻz rangi jigarrang[2]
Agentlik

Musiqiy faoliyati

Cholgʻular Vokal

Naomi Elaine Campbell (1970-yil 22-mayda tugʻilgan)[5] – britaniyalik model. 8 yoshida faoliyatini boshlagan, oʻz avlodining eng mashhur olti modelidan biri boʻlib, moda industriyasi va xalqaro matbuot vakillari tomonidan supermodel deb eʼlon qilingan[6]. Model sifatida Time va Vogue France jurnallari muqovasida namoyon boʻlgan ilk qora tanli ayol[7][8].

Model sifatidagi faoliyatidan tashqari Campbell boshqa yoʻnalishlarda ham faoliyat olib borgan. U oʻzining „an R&B“ nomli studiya albomini chiqargan, bir nechta film hamda televideniye loyihalarida aktrisa sifatida ishtirok etgan. Campbell „The Face“ deb nomlanuvchi modellar tanloviga oid realiti-shouni hamda uning boshqa mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro shoularini olib borgan. Campbell turli ijtimoiy loyihalarda xayriya ishlari bilan ham shugʻullangan. Biroq 2024-yil sentyabr oyida xayriya ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgan va Buyuk Britaniyada 5 yil davomida xayriya tashkilotlarida ishonchli shaxs sifatida faoliyat olib borishdan chetlashtirilgan. Tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, uning xayriya jamgʻarmasi tushgan mablagʻning atigi 8,5 foizini xayriya grantlariga sarflagan, qolgan qismi esa Campbellning besh yulduzli mehmonxonada qolishi, spa muolajalari, xonaga xizmat koʻrsatish, qoʻriqlash va hatto sigaretalar uchun ruxsatsiz toʻlangan toʻlovlarga sarf qilingan[9].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naomi Elaine Campbell 1970-yil 22-mayda Londonning Lambeth tumanida tugʻilgan. Onasi yamaykalik raqqosa Valerie Morris[10]. Onasining xohishiga koʻra, Campbell hech qachon otasi bilan uchrashmagan[11], chunki otasi onasini 4 oylik homiladorligida tashlab ketgan va uning ismi tugʻilganlik guvohnomasida koʻrsatilmagan[10]. Shundan soʻng Naomi onasining ikkinchi turmush oʻrtogʻining familiyasini olgan[10]. 1985-yilda uning oʻgay ukasi Pierre tugʻilgan[12]. Campbell qora tanli yamaykalik va xitoy-yamaykaliklar naslidan boʻlgan, ona tomondan buvisi uning xitoylik ajdodi hisoblanib, uning familiyasi Ming boʻlgan[10].

Campbell bolalik yillarini Italiyaning Rim shahrida oʻtkazgan, onasi u yerda raqqosa boʻlib ishlagan[13]. Ular Londonga qaytgach, onasi „Fantastica“ raqs truppasi bilan butun Yevropa boʻylab safarlarda boʻlgan, Campbell esa bu vaqtda qarindoshlari bilan yashagan[14]. 3 yoshidan boshlab Campbell Barbara Speake sahna maktabida tahsil ola boshlagan[15], 10 yoshida esa balet boʻyicha saboq olish uchun Italia Conti teatr sanʼati akademiyasiga qabul qilingan[16]. Shuningdek, Campbell Dunraven maktabida ham tahsil olgan[17].

  1. „Naomi Elaine Campbell - Births & Baptisms [1 - Genes Reunited“]. www.genesreunited.co.uk.
  2. 2,0 2,1 2,2 „DNA Models Naomi Campbell“. DNA Model Management LLC. 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  3. „Naomi Campbell – Portfolio“. Perspective Management. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  4. „Naomi Campbell – Model“. models.com.
  5. „Naomi Campbell Biography“. biography.com. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  6. Stein, Joel (9 November 1998). „The Fall of the Supermodel“. Time. ISSN 0040-781X. 14 November 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7 May 2011.
  7. „The Naomi Factor: The Supermodel's Friends and Collaborators on How She Became an Icon“. Vogue (2018-yil 1-iyun).
  8. „TIME Magazine's Top Black Fashion Icons of All Time“. Black Entertainment Television.
  9. „Naomi Campbell banned from being charity trustee after investigation finds financial misconduct“. The Independent (2024-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Frankel, Susannah. „Naomi Campbell: A model of privacy?“. The Independent. Independent Print Limited (2002-yil 16-fevral). 2009-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  11. „Naomi Will Never Know Her Dad“. ContactMusic.com (2005-yil 26-fevral). 2009-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  12. Bearn, Emily. „The real Naomi“. The Age (2003-yil 9-avgust). Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.
  13. „Voguepedia – Naomi Campbell“. Vogue. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-may.
  14. Langley, William. „Naomi Campbell: welcome to her diamond life“. The Daily Telegraph (2010-yil 23-may). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
  15. Blunden, Mark. „Honour for arts centre where Bob Marley danced with Naomi Campbell, 7“. London Evening Standard (2011-yil 21-mart). Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.
  16. Frankel, Susannah. „Naomi Campbell: A model of privacy?“. The Independent. Independent Print Limited (2002-yil 16-fevral). 2009-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  17. Adegoke, Yomi. „Naomi Campbell: 'It's time to reset'“. The Guardian (2020-yil 16-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.