Nan-e berenji
|
| |
| Turi | Pechenye |
|---|---|
| Milliy oshxona | Eron oshxonasi |
| Asl nomi | نان برنجی |
| Kelib chiqishi | Kirmonshoh |
| Asosiy komponentlari | Guruch uni, shakar, tuxum, kardamon, erigan sariyogʻ |
Nan-e berenji (forscha: : نان برنجی, shuningdek nan-berenji – نانبرنجی, yoki shirini-ye berenji – شیرینی برنجی) – Eronning Kirmonshoh viloyatidan kelib chiqqan guruch unidan tayyorlanadigan pechenye turi[1]. „Nan-e berenji“ soʻzma-soʻz „guruch noni“ degan maʼnoni anglatadi. Taom odatda kardamon bilan xushboʻylanadi, ustiga koʻknor urugʻi sepiladi va yassi shaklda qilinadi. Odatda oq rangda boʻladi, baʼzan esa sariq rangga boʻyaladi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nan-e berenjining tarixi Qojarlar davriga borib taqaladi. Taxminan 150 yil avval Ipak yoʻli orqali Kirmonshohga kelib-ketayotgan sayohatchilar va ziyoratchilar uzoq vaqt saqlanadigan hamda ozuqaviy qiymati balandroq boʻlgan maxsus taomga ehtiyoj sezganlar. Shu ehtiyojga javoban mahalliy aholi sayohatchilarning asosiy oziq-ovqati boʻlgan guruchdan shirinlik tayyorlay boshlagan[3].
Yetti shirinlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatlarga koʻra, podshoh Jamshid shakarni aynan forslarning yangi yili – Navro‘z kuni kashf etgan. Shu sababli Navroʻzni nishonlashda Haft-sin dasturxonidagi anʼanaviy yetti taomga qoʻshimcha ravishda yetti xil shirinlik bilan bayram qilish odati shakllangan[4]. Yetti xil shirinlik quyidagilardir:
- Noghl – shakarlangan bodomlar
- Forscha baklava – pista va bodomli qatlama shirinlik
- Nan-e berenji – guruch unidan tayyorlanadigan pechenye
- Nan-e badami – bodomli pechenye
- Nan-e nokhodchi – noʻxat unidan tayyorlanadigan pechenye
- Sohan asali – asal va bodomdan tayyorlanadigan shirinlik
- Nan-e gerdui – yongʻoqli (jigʻdoli) pechenye
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bāzargān, Ṣoḡrā. Cookies, Last Revision: October 28, 2011, Encyclopædia Iranica, December 15, 1993 — 244–246-bet.
- ↑ Marks, Gil.. Encyclopedia of Jewish food. Hoboken, N.J.: Wiley, 2010. ISBN 978-0-544-18631-6. OCLC 849738985.
- ↑ „Nan-e Berenji - The Popular Souvenir Of Kermanshah“ (en-US). TAPPersia (2021-yil 17-fevral). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ „A Cookie for Every Country: Iran: Nan-e Nokhodchi“. A Cookie for Every Country. Qaraldi: 2020-yil 26-may.