Namozgoh madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Namozgoh madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 12 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Namozgoh madrasasi — Samarqand madrasasi. Namozgoh madrasasi Namozgoh guzarida, Samarqandning gʻarbiy tomonida 12 hujradan iborat boʻlgan[1]. Mazkur madrasada 24 nafar talabaga 1 nafar mudarris tomonidan dars oʻtilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasaning Shavdor tumanida vaqf mulklari mavjud boʻlgan. Bu toʻgʻrisida Yalangtoʻshbiy madrasasi vaqf hujjatida maʼlumotlar mavjud. Hujjatda shunday yozilgan: „Shavdor tumaniga qarashli Namozgohda bir boʻlak yer: gʻarbida yoʻl, shimolida Namozgoh madrasasi vaqf yerlari, sharqida Qavvalaga boriladigan yoʻl, janubida Soʻfi Husayn valadi mulla Niyoz, ustod Xol valadi Avaz, ustod Barot valadi Avazboyga tegishli bogʻlar, Xojagon Joʻyboriyning Shaytonxonadagi yerlari bilan chegaradosh boʻlgan“ Tadqiqotchi Sunnatullo Muhitdinov oʻzining XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Samarqand viloyati maʼrifiy muhitida olib borgan tadqiqotiga koʻra, Namozgoh madrasasida 1912-yilda 6 ta talaba 1-bosqichda (adno) „Hidoya“, „Sharhi Viqoya“, „Hikoyat“, 5 nafar talaba ikkinchi bosqichda (avsat) „Sharhi Mulla“, „Sharhi Viqoya“, 13 nafar talaba 3-bosqichda (oliy) „Muxtasar“, „Avomil“, „Muxtasar ul-Viqoya“ kabi kitoblar asosida tahsil olishgan. Mazkur madrasa faoliyati sovet hokimiyati oʻrnatilishiga qadar davom etgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namozgoh madrasasi 12 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.