Namoz pirimqul oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namoz pirimqul oʻgʻli (taxminan 1877, Kattaqoʻrgʻon, Utarchi qishlogʻi — 1907) — Samarqandda milliy zulm va haqsizlikka qarshi koʻtarilgan ommaviy xalq harakati boshligʻi. Barvaqt yetim qolib amakisinikida yashaydi. Keyin Samarqandga kelib, xat-savodini chiqaradi. Rus podshosiga mahalliy maʼmurlar kirdikorlaridan shikoyat qilib, bir necha bor xat yozadi. Natija chiqmagach, xalqning norozilik harakatiga boshchilik qildi. N.P.oʻ. podsho amaldorlari, boy-badavlat kishilar mol-mulkini tortib olib kambagʻallarga, beva-bechoralarga ulashgan. Shuning uchun u yuqori tabaqalar, mustamlakachilar orasida "Namoz oʻgʻri", xalq oʻrtasida esa "Namoz botir" deb nom qozongan. Namoz boshchiligidagi guruh 1905 yil 29 okt.da qoʻlga tushib, Samarqand qamoqxonasiga qamaladi. 1906 yil 2 fevralda Namoz qamokdona ostidan 42 quloch uzunlikda lahim qazib, 60 nafar safdoshi bilan qochishga muvaffaq boʻladi. Namoz 3 yil davomida mahalliy maʼmurlarga qarshi harakatga boshchilik qildi. Qoʻzgʻolonchilar, asosan, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida harakat qilganlar (1904—07). Oʻz toʻdasidan chiqqan xoin tomonidan oʻldirilgan. N. Namoz pirimqul oʻgʻlining ishlari xalq oʻrtasida doston boʻlib ketgan. Xalq baxshisi Nurmon Abduvoy oʻgʻli "Namoz" dostonini yaratgan.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil