Namdin
Namdin — Vyetnamning shim. qismidagi shahar, Xongxa daryosi deltasidagi port. Xonamnin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 172 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip gazlama va ipak gazlama ishlab chiqarish) rivojlangan. Oziq-ovqat, oynashisha sanoati korxonalari bor.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |