Bukri pashshalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namchil pashshalardan yoʻnaltirildi)

Bukri pashshalar, namchil pashshalar (Ceratopogonidae) — qoʻshqanotlilar oilasi. Uzunligi 0,5–4 mm, tanasi bukri, hartumi uzun, kanotla’ ri koʻpincha tangachalar bilan qrplangan. 4 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda Culicoides va Leptoconops urugʻlariga mansub 60 turi tarkalgan. Urgʻochisi suv ustida oʻsadigan oʻsimlik barglarining ostki tomoniga 75—120 ta tuxum qoʻyadi. Qurtlari sohil yaqinidagi balchiqda, nam qumli joylarda rivojlanadi. Koʻpchilik turlarining urgʻochisi issiqqonli hayvonlar va odam qonini, ayrim turlari hasharotlar gemolimfasini soʻradi. Erkaklari, ayrim turlarining urgʻochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Qurtlari detrit, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar, oʻlik hayvonlar murdalarining parchalari bilan oziqlanadi. Bukri pashshalar shim. hududlarda ayniqsa koʻp uchraydi, choʻl mintaqasida quduqpar va boshqa suv manbalari yaqinida tarqalgan boʻlib, gnus komponentlaridan biri hisoblanadi, ertalab va kechqurunlari faol qon soʻradi; onxotserkoz, gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti, tulyaremiya kabi kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini tarqatishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil