Namanganskaya pravda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"NAMANGANSKAYA PRAVDA" ("Namangan haqiqati") — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan shahrida rus tilida haftada 1 marta chiqadi. Dastlab "Izvestiya Namanganskogo Sovdepa" ("Namangan deputatlari kengashi xabarlari", 1917— 20), "Rabochiy put" ("Ishchi yoʻli", 1920-21), "Udarnik" ("Zarbdor", 1934— 45), "Za kommunizm", ("Kommunizm uchun", 1941—58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958 yildan hozirgi nomda. Gaz.da ijtimoiysiyosiy, maʼnaviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda sanʼat va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 1000 ga yaqin (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil