Namanganmash aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"NAMANGANMASH" AKSIYADORLIK JAMIYATI - "Oʻzmashsanoat" uyushmasi tarkibidagi yirik korxona. 1962 yilda Namangan mashinasozlik zavodi nomi bilan bunyod etilgan. Korxona, asosan, neft va gaz sanoatida, kommunal xoʻjaligida ishlatiladigan suriluvchi shpindelli egiluvchan klinli poʻlat, titan, choʻyan zulfinlar, surilmaydigan shpindelli, parallel chuyan zulfinlar, korroziyabardosh membranali klapanlar, yuqori bosimda ishlaydigan ventillar ishlab chikaradi.

1967 yilda truboprovodli zadvijkalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1973 yildan boshlab DU-150, DU-200 titan zadvijkalar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi va 1980 yilga kelib ularning nomenklaturasi 15 xilga yetkazildi. Namanganmash aksiyadorlik jamiyati hajmlari koʻpay-ib, qoʻshimcha ish joylari yaratildi hamda mahsulotlarni eksport qilish yoʻlga qoʻyildi. Zadvijkalarning yangi turlarini oʻzlashtirish va choʻyan hamda poʻlat quyma texnologiyalarni joriy qilish maqsadida yangi quyuv sexi qurib ishga tushirildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng korxonada respublika ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bir necha turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlana boshladi. Buning uchun, metall yuzasiga polietilen qoilash va quyuv sexida poʻlat chiqindilarni eritib mahsulotlar quyish tex-nologiyalari oʻrnatildi. Natijada korxonada ishlab chiqarilgan membranali klapanlar, choʻyan va poʻlat quyma zulfinlar ichki va tashqi bozorda sotilmoqda. Mahsulotlar (payvandlangan, quyma poʻlat zulfinlar), asosan, Belorussiya, Kozogʻiston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil