Namangan viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namangan viloyat oʻlkashunoslik muzeyi - madaniy-maʼifiy muassasa. Namangan shahrida joylashgan. 1920 yilda oʻlkani oʻrganish maqsadida tashkil etilgan. Dastlab (sha-har tarixiga oid ashyolar namoyish qilingan) "Xalqlar muzeyi" sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1941 yildan xrzirgi maqomiga ega. Muzeyning tabiat, tarix, sanʼat, maʼnaviyat va us-lubiyat, adabiyot va qoʻlyozmalar hamda xazina boʻlimlari bor. Muzeyda oʻlka tabiati, moddiy maʼnaviy madaniyati tarixini oʻzida aks ettirgan 60 mingdan ziyod eksponatlar (jumladan, arxeologik topilmalar, amaliy sanʼat namunalari, sanʼat asarlari va boshqalar) mavjud. Muzey tarkibiga "Xotira va qadrlash uyi", Boborahim Mashrab uy-muzeyi, viloyatning shahar va tumanlaridagi boshqa jamoatchilik muzeylari kirgan. Muzeyning asosiy binosi 1986 yilda zamonaviy loyiha asosida qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil