Namangan tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namangan Tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Namangan tumani
Наманганский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Toshbuloq
Rasmiy tillar Oʻzbek
Namangan tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Namangan tumani — Namangan viloyatidat tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Uychi, Norin, shimoldan Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, gʻarbdan Toʻraqoʻrgʻon, janubdan Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,25 ming km². Aholisi 170,9 ming kishiga yaqin (2003). Namangan tumanida 1 shaharcha (Toshbuloq), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻishamol, Ibrohim Rahmatov, Irvadon, Mirishkor, Oxunboboyev, Tepaqoʻrgʻon, Xonobod, Shoʻrqishloq, Oʻzbekistan, Qumqoʻrgʻon, Gʻalcha, Gʻirvon) bor (2003). Markazi — Toshbuloq shaharchasi.

Tabiati. Namangan tumani yer yuzasi tekislik, adir va doʻngliklardan iborat boʻlib, oʻzlashtirilgan dasht zonasiga kiradi. Toʻrtlamchi geologik davrning oqiziq jinslari (lyoss, loy, qum, shagʻal)dan tashkil topgan. Jan.ga tomon qiya (balandligi 400—450). Tumanda yer osti suvi koʻp. Qurilish materiallaridan ohaktosh, gʻisht tayyorlanadigan tuproqlar bor.

Iqlimi quruq subtropik, yozi quruq, issiq, qishi qisqa, sovuq va sernam. Yogʻin-sochin kam (300–350 mm), bugʻlanish katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G, —3° iyulniki 26,3°. Vegetatsiya davri 236 kun. Ob-havo sharoiti subtropik mevalar (anjir, anor va boshqalar) yetishtirish uchun qulay. Soy koʻp, vodiylari tosh-shagʻal bilan qoplangan. Tuproqlari adirlarda tipik va och boʻz tuproq, adirlar orasida sugʻoriladigan oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi va botqoq tuproqlar tarqalgan. Tumanning shimolidan Shimoliy Fargʻona kanali, janubidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Katta Namangan kanali, Yangiariq, Namangansoy, Girvonsoy, Irvadonsoy, Ko-sonsoy kabi suv manbalaridanNamangan tumani darvozasi. ekinzorlar sugʻoriladi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon va boshqa, qushlardan yovvoyi oʻrdak, yovvoyi kaptar, ola-qanot, qaldirgʻoch, chumchuq, laylak, boyoʻgʻli va boshqa uchraydi.

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar (98,6%), shuningdek, tojik, kirgiz, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 683 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 13,7 ming kishi, qishloq aholisi 157,2 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi aso-san, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari ham fa-oliyat koʻrsatadi. Paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. "Mirishkor" qoʻshma korxonasi, paxta to-zalash zavodi, kichik va xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari ishlab turibdi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Tumanda 13 xoʻjalikda paxta yetishtiriladi, ipakchilik bilan shugʻullanuvchi va sabzavot yetishtiruvchi shirkat xoʻjaliklari ham bor. 315 fermer xoʻjaligi 3730 ga yer maydonida faoliyat koʻrsatadi. Shulardan 114 tasi paxtachilik, 35 tasi gʻallachilik, 47 tasi sabzavotchilik, 78 tasi bogʻdorchilik, 41 tasi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Ushbu fermer xujaliklarida 2316 kishi ishlaydi (2003).

2001/2002 oʻquv yilida 42 umumiy taʼlim maktabida 43 ming oʻquvchi, 3 ta qishloq xoʻjaligi, sanoat va maxsus iqtisodiy kollej, maxsus iqtisodiy litseylarda 1700 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oldi. Bolalar musiqa maktabi bor. Tuman madaniyat saroyi qoshida ashula va raqs ansambli, "Boʻston" folklor etno-grafik ansambli faoliyat koʻrsatmoqda. Tumandagi "Yosh texniklar" maskani jamoasi barcha tanlovlarda gʻolib chiqqan. Tumanda markaziy kutubxona, uning 35 ta filiali, madaniyat saroyi va 12 ta madaniyat uylari mavjud.

Markaziy stadion (15 ming oʻrin), yopiq tennis korti, 14 futbol, 17 basketbol, 21 qoʻl toʻpi, 85 voleybol maydoni va maydonchalari, 30 sport zallari ishlab turibdi. Jismoniy tarbiya va sport bilan 42 mingdan ziyod kishi mun-tazam shugʻullanmoqda. Sport seksiyalari va toʻgaraklarida 20 mingga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Namangan tumanida tuman markaziy kasalxonasi, yukumli kasalliklar, 5 qishloq, 2 xususiy kasalxonalar (630 oʻrin) mavjud. 1 ixtisoslashgan markaziy poliklinika, 1 tish davolash poliklinikasi, 14 qishloq vrachlik punkti, 30 feldsher-akusherlik punkti, 15 dorixona bor. Tumandagi barcha tibbiy muassasalarda 170 vrach, 883 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1962 yil 10 iyundan "Istiklol" tuman gaz. chikali (adadi 5 ming).

Murodulla Haydarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil