Namangan haqiqati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namangan Haqiqatidan yoʻnaltirildi)

"NAMANGAN HAQIQATI" — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Namangan shahrida oʻzbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab "Ishchilar qalqoni" (1918—19), "Erkinlik" (1919—21), "Zarbdor" (1921-36), "Stalin haqiqati" (1936—48) nomlarida bosilgan. 1958-yildan hozirgi nomda. Gaz.da turli davrlarda Lutfulla Olimiy, Turgʻun Poʻlat, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Hamid Nuriy, Rustamjon Ummatov kabi oʻtkir qalam soxiblari faoliyat koʻrsatishgan. "Namangan haqiqati"da uzoq yillar samarali mehnat qilgan Ibrohim Yusupov, Fazliddin Mirzayev, Ermamat Nurmatov, Hamidaxon Mamajonova, Abdufattoh Rajabov, Gʻulomjon Akbarovlar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlishgan.

"Namangan haqiqati" viloyat xayotining koʻzgusi sifatida umumiqtisodiyot, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va boshqa soxalardagi yangilik va oʻzgarishlarni, jismoniy tarbiya va sport masalasini keng va mufassal yoritadi. "Tadbirkor" nomli ilovasi ham bor. Gaz. adadi 5100 (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil