Namangan notoʻqimachi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

NAMANGAN "NOTOʻQIMACHI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - "Oʻzbek yengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sanoat korxonasi. 1932 yilda "Besh yillik" arteli nomi bilan tashkil etilgan. 1941—43 yilda front uchun shinel va movutlar ishlab chikarilgan. 1965 yildan korxona yigiruvtoʻquv notoʻqima mato f-kasiga, 1982 yilda Baliqchi notoʻqima mato f-kasi ishga tushirilgach, notoʻqima mato ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1994 yildan hozirgi nomda. 1995 yilda sunʼiy moʻyna ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzlashtirildi.

Korxonada, asosan, mahsulot oʻrash uchun notoʻqima mato, paxtali vatin va sunʼiy moʻyna ishlab chiqariladi. 2002 yilda 16,5 mln. m2 notoʻqima matolar tayyorlandi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil