Nam sigʻimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nam Sig'imidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Nam sigʻimi, tuproq nam sigimi — tuproqning namni tutish xususiyatini tavsiflovchi kattalik; tuproq massasi yoki quruq tuproq hajmiga nisbatan foizlardagi namlik miqdori yoki suv qatlamining mm lardagi balandligida ifodalanadi. Tup-roqning granulometrik tarkibi va tuzilishiga, undagi gumus tarkibiga boglik. Nam sigʻimining asosiy turlari toʻla Nam sigʻimi (tuproqning barcha govaklari suv bilan toʻlganda) tuproq singdira oladigan suv miqdori; kapillyar Nam sigʻimi— grunt suvlari sathi ustidagi tuproq qatlami suv va tuproq zarralari oʻrtasidagi molekulyar tortishish kuchlari taʼsirida tutib turadigan eng koʻp suv miqdori. Meʼyoriy (chegaradagi) dala Nam sigʻimi (barcha gravitatsion suv oqib ketgandan soʻng tuproq tutib qoladigan suv miqdori, oʻsimliklar uchun asosiy namlik manbai). Meʼyoriy dala va kapillyar Nam sigʻimi qishloq xoʻjaligi ekinlari optimal sugʻorish rejimini hamda melioratsiya uchun zarur suv normalarini hisoblab chiqishda katta ahamiyatga ega. Meʼyoriy dala Nam sigʻimi 1 m qalinlikdagi gilli tuproq uchun, odatda, tuproq massasiga nisbatan 25%, ogʻir oʻrtacha qumoklikda 19%, yengil qumoklikda 16%, qumloqda 13% va qumlikda 10% atrofida boʻladi (yana q. Oʻsimlikning suv rezkimi). Sobirjon Azimboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil