Najib Nuʼmonovich Noʻgʻoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Najib Nuʼmonovich Noʻgʻoyev
Tugʻilgan sanasi 1910
Tugʻilgan joyi Ulyanovsk viloyati, Rossiya Imperiyasi
Vafot sanasi 6-may 1946-yil
Vafot joyi Shahrisabz, Oʻzbek SSR
Qoʻshin turlari Artilleriya
Xizmatdagi yillari 1941–1944
Harbiy  qism 1669-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni

Najib Nuʼmonovich Noʻgʻoyev (1910, Ulyanovsk viloyati, Staraya Kultatka posyolkasi — 1946.6.5, Shahrisabz) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1941 yildan armiya safida. 1669-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki (Dasht frontining 7-gvardiyachi ar-miyasi)ning toʻp navodchigi. 1943 yil 5 oktabrda Dnepropetrovsk viloyatining Verxnedneprovsk tumanidagi Borodayevka qishlogʻi atrofidagi jangda dushmanning 4 ta tankini yakson qilgan, 3 minomyot batareyasi, 6 pulemyot nuqtasi oʻtini oʻchirgan, yuk ortilgan 2 av-tomashinasini yuki bilan, 100 ga yaqin gitlerchini yakson qilgan. 1943 yil 26 oktabrda qahramon unvoni berilgan. Shahrisabzdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan va byusti oʻrnatilgan.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Kargapaltsev, Sergey. "Нугаев Наджиб Нугманович" warheroes.ru (rus.)