Najib Noʻgʻoyev
Najib Nuʼmonovich Noʻgʻoyev | |
---|---|
Tavalludi |
1910 Ulyanovsk viloyati, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
6-may 1946-yil Shahrisabz, Oʻzbek SSR |
Qoʻshin turlari | Artilleriya |
Xizmatdagi yillari | 1941–1944 |
Harbiy qism | 1669-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni |
Najib Nuʼmonovich Noʻgʻoyev (1910, Ulyanovsk viloyati, Staraya Kultatka posyolkasi — 1946.6.5, Shahrisabz) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1941-yildan armiya safida. 1669-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki (Dasht frontining 7-gvardiyachi ar-miyasi)ning toʻp navodchigi. 1943-yil 5-oktabrda Dnepropetrovsk viloyatining Verxnedneprovsk tumanidagi Borodayevka qishlogʻi atrofidagi jangda dushmanning 4 ta tankini yakson qilgan, 3 minomyot batareyasi, 6 pulemyot nuqtasi oʻtini oʻchirgan, yuk ortilgan 2 av-tomashinasini yuki bilan, 100 ga yaqin gitlerchini yakson qilgan. 1943-yil 26-oktabrda qahramon unvoni berilgan. Shahrisabzdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan va byusti oʻrnatilgan.[1][2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Kargapaltsev, Sergey. "Нугаев Наджиб Нугманович" warheroes.ru (rus.)
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |