Najdak
Qiyofa
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Najdak (turkiycha) — mayda va yupqa donador kristallardan iborat togʻ jinsi. Boksitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Najdak tarkibidagi korund boshqa minerallar (magnetit, xlorit, gematit, kvars va moʻrt slyudalar va hokazo) bilan birikib ketgan. Tarkibida 60% gacha korund boʻlgan najdak tabiiy abraziv materiallarga kiradi. Najdakning qattiqligi mineralogik shkala boʻyicha 7—8. Rangi qora, qoramtir kulrang, toʻqyashil. Najdak koʻpincha marmarlarda linza, shtok, uyum, tomirlar shaklida, baʼzan esa gabbro, norit, granitlarda va bu jinslar kontaktida ksenolitlar koʻrinishida mavjud. Oʻzbekistonda koʻp joylarda (Nurota togʻlari, Molguzar va boshqalar) uchraydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |