Nabijon Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nabijon Oʻlmasovich Qodirov (1957.26.2, Rishton tumani) — kulol, rishton kulollik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). 1969 yildan usta kulol Yoʻldoshali Ergashevga shogird tushib hunar oʻrgangan. 1978 yildan mustaqil usta, tumandagi kulolchilik zavodida usta-rassom. Q. mahalliy kulolchilik anʼanalarida buyumlar yaratadi, Rishton kulolchilik maktabida kichik shaklli haykaltaroshlik asarlari (loydan kichik mavzuli etyudlar, oʻyinchoqlar, mujassamotlar) yaratishni boshlab berdi hamda ularni anʼanaviy (lagan, bodiya) buyumlar bilan uygʻunlashtirishga erishdi: "Hor-diq", "Novvoy", "Dehqon", "Choyxona", "Chorgul", "Bodomgul", "Hashtgul", "Askiya" kabi koʻplab kulollik mujassamotlari va boshqa Q. haqida "Rishton moʻʼjizasi" nomli hujjatli film yaratilgan (1999). Q. oilaviy kulollar sulolasiga asos soldi: ukalari (Nodir, Shavkat, Ahror, Abror), singillari (Zamira, Ziyoda), oʻgʻillari (Asror, Sayyod) va boshqa shogirdlari bilan birga mehnat qilib, Rishton kulollik maktabini yangi anʼanalar bilan boyitmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Qodirov Nabijon Oʻlmasovich" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil