Nabi (ism)
Qiyofa
| Nabi | |
|---|---|
| (arabcha: نبي) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi |
| Ota ismi |
Nabi(jon) oʻgʻli, Nabiyevich Nabi(jon) qizi, Nabiyevna |
| Yasama shakllari | Nabijon |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: نبي |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Nabi (arabcha: نبي — paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nabi Abdurahmonov — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005-yil). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1994);
- Nabi Gʻaniyev — kinorejissor, oʻzbek kinosining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944);
- Nabi Hafizov — naqqosh va musavvir, birinchi oʻzbek plakatchisi;
- Nabi Jaloliddin — oʻzbek yozuvchisi va shoiri;
- Nabi Majidov — nevropatolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1966);
- Nabi Rahimov — oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori;
- Nabi Rizaev — kimyo texnologiyalari va injeneriyasi sohasida faoliyat koʻrsatgan oʻzbek olimi. Texnika fanlari doktori, professor;
- Nabi Ziyadullayev — oʻzbek va rossiyalik olim-iqtisodchi, mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, xalq xoʻjaligini boshqarishni modellashtirish boʻyicha mutaxassis, iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha metodologiya va strategiyani ishlab chiquvchilardan biri;
- Nabijon Boqiy — yozuvchi, tarjimon va jurnalist;
- Nabijon Hasanov — oʻzbek bastakori va sozandasi (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967);
- Nabijon Mingboyev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant;
- Nabijon Nazirov — fiziolog, radiobiolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), professor (1969);
- Nabijon Qodirov — Rishton kulolchilik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001);
- Nabijon Qosimov — o‘zbek diplomati va xalqaro iqtisodchi;
- Nabijon Xalilov — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989).
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„N“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 3-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |