Kontent qismiga oʻtish

NF

Vikipediya, erkin ensiklopediya
NF

NF 2016-yil yanvarda
Tavalludi
Nathan John Feuerstein

1991-yil 30-mart (1991-03-30) (35 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Repper
  • Xonanda
  • Bastakor
  • Musiqiy prodyuser
Faoliyat yillari 2010-yildan buyon
Turmush oʻrtogʻi
Bridgette Doremus (turm. 2018)
Bolalari 2
Veb-sayti nfrealmusic.com
Imzosi

Nathan John Feuerstein (1991-yil 30-martda tugʻilgan), NF (ИF tarzida yoziladi) taxallusi bilan tanilgan — amerikalik repper, xonanda, bastakor hamda musiqiy prodyuser[1]. U 2012-yilda I’m Free nomli va 2014-yilda Capitol CMG bilan hamkorlikda NF nomli ikkita mini-albom (EP) chiqargan[2]. Uning birinchi yirik leybldagi studiyaviy albomi – Mansion – 2015-yil 31-martda taqdim etilgan. 2016-yil 22-aprelda esa uchinchi albomi Therapy Session ommaga taqdim etilgan boʻlib, u Billboard 200 reytingida 12-oʻrinni egallagan. Bu albom unga 2016-yilda Gospel Music Association tomonidan „Yilning eng yaxshi Rap/Hip-Hop albomi“ mukofotini keltirgan. Shuningdek, Oh Lord taronasi 2017-yilda „Yilning eng yaxshi Rap/Hip-Hop qoʻshigʻi“ deb topilgan.

NF 2017-yilda Perception albomi orqali keng ommaga tanilgan. Albom AQShda Billboard reytingida birinchi oʻrinni egallagan va platina sertifikatiga ega boʻlgan. Undagi uchinchi trek – Let You Down – Billboard Hot 100 reytingida 12-oʻrinni egallagan va dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan. 2019-yilda chiqqan The Search albomi ham katta muvaffaqiyatga erishgan. 2021-yilda esa Clouds nomli albomni ommaga taqdim etilgan. Feuersteinning eng soʻnggi Hope nomli albomi 2023-yil 7-aprelda taqdim etilgan boʻlib, Billboard 200 chartida 2-oʻringa koʻtarilgan va yaxshi sotuv natijalariga ega boʻlgan.

Hayotining dastlabki davrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nathan John Feuerstein 1991-yil 30-martda Michigan shtatining Gladwin shahrida tugʻilgan[3][4]. U uch farzandning kattasi boʻlib, ikki singlisi bor[5]. Ota-onasi ajrashgach, NF onasi bilan yashay boshlagan. Ammo onasining mashuqasi Nathanga va singlisiga nisbatan zoʻravonlik qilgani sababli, otasi uni oʻz tarbiyasiga olgan[6]. 2009-yilda onasi giyohvand moddalar haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. NF ushbu fojeaga bagʻishlab How Could You Leave Us taronasini yozgan[7]. NF 2009-yilda Gladwin oʻrta maktabini bitirgan. U maktabda oʻqigan davrida maktabning basketbol jamoasi aʼzosi boʻlgan[8]. Uning musiqiy faoliyati Michigan shtatining Canton shahrida joylashgan Connection Church tomonidan oʻtkazilgan Fine Arts Festivalda boshlangan[9].

Feuerstein bolaligida hip-hop musiqa uning hayotidagi muammolardan qochishning yagona yoʻli boʻlganini takidlagan. U oʻzining dastlabki treklarini karaoke apparatida yozgan. Bir mikrofon orqali taronaning musiqasini, ikkinchisi orqali esa oʻzining rap qismlarini yozib olgan. 2010-yil 29-noyabrda u haqiqiy ismi ostida birinchi mustaqil studiyaviy albomi – Momentsni taqdim etgan. Oradan bir yil oʻtib, 2011-yil 2-avgustda u Alone nomli ilk singlini chiqargan. Qoʻshiqda bastakor va prodyuser Tommee Profitt hamda Brooke Griffith ishtirok etgan. 2012-yilda Feuersteinning ijodi Xist Music leyblining eʼtiboriga tushgan. 2012-yil 2-mayda u Profitt prodyuserligida yozilgan I’m Free nomli EP (mini-albom)ni chiqargan. Albom toʻqqizta trekdan iborat boʻlib, ular orasida Alone taronasi ham boʻlgan. Bundan tashqari, Alone qoʻshigʻining Sean Simmonds bilan birgalikda yozilgan eksklyuziv versiyasi ham albomga kiritilgan. Xist Music keyinchalik NF nomli yangi EPni chiqarishini eʼlon qilgan, biroq Feuerstein va leybl oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keladi hamda albom chiqishi vaqtincha bekor qilinadi[4][10]. 2013-yil 4-noyabrda esa NF Beautiful Addiction nomli yangi singlni chiqargan. Unda yana Tommee Profitt bilan ishlagan. Trekda Brady Schmitz va Danielle Swift ham vokal ijrosi bilan qatnashishgan.

Feuerstein 2014-yilda Capitol Christian Music Group (Capitol CMG) leybli bilan shartnoma imzolagan. Shartnomadan soʻng u NF nomli EP (mini-albom)ni taqdim etgan[10]. Bu loyiha uning Billboard chartlaridagi ilk muvaffaqiyatli chiqishiga aylangan. Ushbu mini-albom Christian Albums reytingida 12-oʻringa, Top Gospel Albumsda 4-oʻringa va Top Rap Albumsda 15-oʻringa koʻtarilgan[11][12]. EP musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy qarshi olingan. Jesus Freak Hideout va New Release Tuesday uni 3,5 yulduz bilan baholagan boʻlsa[13][14], CCM Magazine EPga 4 yulduzlik yuqori baho bergan[15]. Feuersteinning birinchi toʻliq hajmdagi studiyaviy albomi – Mansion, 2015-yil 31-mart kuni Capitol CMG orqali taqdim etilgan[16].

Mansion albomining asosiy singli boʻlgan Intro treki Madden NFL 16 video oʻyinida ishlatilgan[17]. NFning qoʻshiqlari ESPN, VH1, Showtime va NBC telekanalining Chicago P.D., Grimm, Shades of Blue kabi mashhur seriallarida, Apex Legends oʻyinining yangilanish treylerida hamda Fox kanalining Empire seriali final treylerida ishlatilgan. Intro taronasi klipining premyerasi MTV.com saytining bosh sahifasida boʻlib oʻtgan. Bundan tashqari, klip MTVU, AbsolutePunk, 2DOPEBOYZ, Raps & Hustles va The College Dropouts kabi musiqiy platformalarda ham namoyish etilgan.

NF 2016-yil 8-aprelda I Just Wanna Know hamda 22-aprelda Real nomli singllarini chiqargan[18]. Bu qoʻshiqlar uning ikkinchi studiyaviy albomi – Therapy Session tarkibiga kiradi. Ushbu albom 2016-yil 22-aprel kuni rasmiy ravishda ommaga taqdim etilgan[19]. NF 2016-yil 8-sentyabrda albom tarkibiga kirmaydigan Warm Up singlni taqdim etgan[20].

2017-yil 6-oktabrda NF oʻzining uchinchi studiyaviy albomi – Perceptionni ommaga taqdim etgan[21]. Albom debyutida Billboard 200 chartida top 1 ni egallagan hamda bu NFning ilk chart tepasiga chiqqan albomi boʻlgan. Shu bilan birga, NF 2017-yilda Hot 100 reytingida ilgari hech qanday qoʻshigʻi boʻlmagan holda 1-oʻringa chiqqan ikkinchi sanʼatkor sifatida qayd etilgan[22]. Oradan bir hafta oʻtib Let You Down singli taqdim etilgan hamda Billboard Hot 100 roʻyxatiga 87-oʻrinda kirib, NFning bu chartdagi ilk trekiga aylangan[23]. Qoʻshiq sekin-asta ommalashib, 17 hafta ichida 12-oʻringa qadar koʻtarilgan[24]. Perception albomi katta muvaffaqiyat qozonganidan soʻng, NF 2018-yilning oʻrtalarida Logic va Kyle bilan gastrol safariga chiqishini eʼlon qilgan[25]. Albom 2019-yil 11-yanvarda RIAA tomonidan platina sertifikatiga ega boʻlgan, yaʼni 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan[26].

NFning Destiny nomli taronasi MLB The Show 18 video oʻyinida qoʻllanilgan[27].

2018-yil 19-yanvarda NF oʻzining albomga kirmagan yangi No Name nomli trekini taqdim etgan[28]. Keyinchalik u toʻrtinchi studiyaviy albomi oldidan Why nomli qoʻshiqni ham chiqargan.

2019-yil 30-may kuni u The Search albomining shu nomdagi trekining ommaga taqdim etgan. Keyinchalik yana ikki singl – When I Grow Up (27-iyun) hamda Time (12-iyul) chiqarilgan. Toʻrtinchi albom – The Search esa 26-iyul kuni rasmiy ravishda taqdim etilgan.

2019-yil 3-dekabrda NF Paid My Dues nomli yangi singlini hamda trekka ishlangan klipni chiqargan[29].

2020-yil oktyabrda u qisqa tanaffusdan soʻng sahnaga qaytib, albomga kirmagan Chasing_(Demo) trekini chiqargan. Ushbu qoʻshiqda 15 yoshli avstraliyalik muxlisa Mikayla Sippel ishtirok etgan. Mikayla qoʻshiqning cover versiyasini internetda joylashtirgan va bu NFga juda manzur boʻlganidan, u ushbu duetni rasmiy tarzda chiqarishga qaror qilgan[30].

2021-yil 18-fevralda NF Clouds nomli yangi singl va klipni eʼlon qilib, shu nomdagi mixtapeni 26-mart kuni chiqarilishini maʼlum qilgan. Mixtapeda Paid My Dues qoʻshigʻi, Hopsin bilan yozilgan Lost, hamda Tech N9ne ishtirokidagi Trust treklari joy olgan[31][32]. Lost taronasi 2021-yil 11-mart kuni chiqarilgan[33]. Clouds (The Mixtape) 2021-yil 26-martda rasmiy ravishda taqdim etilgan[34].

Bir yillik tanaffusdan soʻng, 2023-yil 16-fevralda NF Hope nomli yangi singlni chiqarib, shu nomdagi beshinchi studiyaviy albomi tez orada chiqishini eʼlon qilgan. 9-martda esa u Motto nomli ikkinchi singlni taqdim etgan. Hope albomi 2023-yil 7-aprel kuni taqdim etilgan hamda shu bilan birga Happy qoʻshigʻi uchun klip ham taqdim etilgan[35].

Konsert turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Therapy Session Tour (2017)[36]
  • Perception Tour (2018)[37]
  • Perception World Tour (2018)[38]
  • The Search Tour (2019)[39][40]
  • Clouds Tour (2021)[41]
  • Hope Tour (2023–24)[42]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Feuerstein Bridgette Doremus bilan uchrashishni boshlagan[43]. Uch yillik munosabatlardan soʻng ular 2018-yilda turmush qurishgan[44]. 2021-yilning avgustida ular oʻgʻil farzandlik boʻlishgan[45][46]. 2023-yil dekabr oyida NF ikkinchi bor ota boʻlib qiz farzandlik boʻlgan[47][48].

2018-yilda Perception gastrol safaridan so‘ng, Feuersteinga obsesiv-kompulsiv buzilish (OCD) tashxisi qo‘yilgan. Safardan keyin u o‘zining ruhiy holatida muammolar borligini tan olib, terapevtga murojaat qilgan va shu orqali bu kasallik aniqlangan. NF ilgari ham depressiya va bezovtalik holatlari bilan kurashib kelgan. Feuerstein o‘zining ruhiy holati haqida hech narsani yashirmaydi hamda bu boradagi ichki kurashlarini taronalarida aks ettiradi. Shaxsiy muammolari hamda ruhiy holati haqida musiqalar yaratishini sabab o‘zining muxlislariga ega bo‘lgan[49]. 2023-yilda chiqqan Hope albomini yaratish jarayoni esa aynan OCD sabab ancha vaqt talab qilgan. Albom bir yarim yildan ortiq vaqt davomida yaratilgan. U musiqaga haddan tashqari diqqat qaratib, o‘ziga yoqadigan musiqalarni yaratish yanada qiyinlashgan. Natijada, u hozirda OCD bo‘yicha maxsus terapevt bilan ishlamoqda[50].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomi

  • Moments (2010)
  • Mansion (2015)
  • Therapy Session (2016)
  • Perception (2017)
  • The Search (2019)
  • Hope (2023)
Yil Tashkilot Nominatsiya Turkum Natija Manba
2016 I Just Wanna Know Rap/Hip Hop Recorded Song of the Year Nominatsiya [51]
Therapy Session Rap/Hip Hop Album of the Year Yutuq [52]
2017 Oh Lord Rap/Hip Hop Recorded Song of the Year Yutuq [53]
2018 iHeartRadio Titanium Awards Let You Down 1 Billion Total Audience Spins on iHeartRadio Stations Yutuq [54]
2019 iHeartRadio Music Awards NF Best New Pop Artist Nominatsiya [55]
  1. „NF | Credits“ (en). AllMusic. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  2. „I'm Free by NF“ (en). Genius. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  3. „Songwriter/Composer: FEUERSTEIN NATHAN JOHN“. Broadcast Music, Inc.. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  4. 1 2 Leggett, Steve „NF: Biography“. AllMusic. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  5. „Does NF Have Siblings?“ (en-US) (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  6. „Hip-hop artist "NF" mixes music with a powerful message“. 'thesoundopinion.com. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  7. Daniels, David „NF pens heartbreaking song to his mom who died from overdose“. Rapzilla.com. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  8. „Heating up the hardwood“. Gladwin County Record and Beaverton Clarion. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-aprel.
  9. Daniels, David „How NF Became the First Hip-Hop Artist on Capitol CMG“. Rapzilla. 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  10. 1 2 Daniels, David „How NF Became the First Hip-Hop Artist on Capitol CMG“. Rapzilla (2014-yil 2-avgust). 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  11. „Artist Index: August 23, 2014“ (PDF). Billboard. August 23, 2014. Qaraldi: February 12, 2015.
  12. „NF Awards“. AllMusic. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  13. Hoskins, Kevin „NF, "NF – EP" Review“. Jesus Freak Hideout (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  14. Ryan, Mark „A Strong Introduction“. New Release Tuesday. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  15. Conner, Matt (October 15, 2014). "Nate Feuerstein: NF (EP)". CCM Magazine. http://www.ccmmagazine.com/article/nf-ep/. Qaraldi: February 27, 2015.NF]]
  16. „NF, "Mansion" Review“. Jesus Freak Hideout (2015-yil 31-mart). Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  17. Daniels, David „Christian rapper receives placement on 'Madden NFL 16' soundtrack“. Rapzilla (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  18. „NF: Christian Rap's New Reluctant Hero“. Ural Garrett (2016-yil 4-may). 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  19. Daniels, David „NF reveals release date of new album 'Therapy Session'“. Rapzilla (2015-yil 12-fevral). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  20. Sarachik, Justin. „NF Releases New Single 'Warm Up'“. Rapzilla.com. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  21. Sisario, Ben „The Rapper NF Tops the Chart With 'Perception'“. The New York Times (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  22. Caulfield, Keith (October 18, 2017). „NF Scores First No. 1 Album on Billboard 200 Chart With 'Perception'. Billboard. Qaraldi: October 19, 2017.
  23. „Top 100 Songs | Billboard Hot 100 Chart“. Billboard. Qaraldi: October 9, 2018.
  24. „Top 100 Songs | Billboard Hot 100 Chart“. Billboard. Qaraldi: October 9, 2018.
  25. Maher, Natalie (March 13, 2018). „Logic Announces Summer Tour With NF and Kyle“. Billboard. Qaraldi: June 11, 2018.
  26. „American certifications – NF“ (en). Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  27. Roling, Chris „MLB The Show 18: Aaron Judge's Cover, Latest Trailers and Soundtrack“. Bleacher Report. Qaraldi: 2019-yil 12-iyul.
  28. „NF – No Name music video“. Rapzilla (2018-yil 19-yanvar). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  29. „NF Stands Up For Himself in Surprise New Single and Music Video 'PAID MY DUES'“. Music Mayhem Magazine (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.
  30. Zidel, Alex „NF Features 15-Year-Old Fan On New Song "Chasing_(Demo)"“. HotNewHipHop (2020-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  31. Zidel, Alex „NF Announces New Mixtape With "CLOUDS" Single“ (en). HotNewHipHop (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  32. „NF Returns With New Single "Clouds," Announces 10-Track Mixtape“ (en-US). Music Mayhem Magazine (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  33. Zidel, Alex „NF Releases New Single "LOST" With Hopsin“ (en). HotNewHipHop (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
  34. NF [@nfrealmusic]. „CLOUDS (the mixtape) OUT NOW! t.co/nWvmu4xMXI t.co/eRtTvhd7Jt“ (en) (2021-yil 26-mart). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  35. NF [@nfrealmusic]. „New album Hope out April 7 t.co/I0rQecIgkb t.co/FapDrMpXgl“ (en) (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  36. „NF Announces 2017 Therapy Session Tour Dates“ (en-US). Rapzilla (2017-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  37. „NF Announces 2018 'Perception' Tour Dates and Preorder“ (en-US). Rapzilla (2017-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  38. „NF Announces 'Perception' World Tour“ (en-US). Rapzilla (2017-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  39. „NF Announces 2020 Dates for 'The Search' Tour“ (en-US). Rapzilla (2019-yil 19-sentyabr). 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  40. Shah, Asal. „NF Kicks Off 'The Search' Tour + Live Debuted TEN New Songs!“. Setlist.fm (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-sentyabr.
  41. „NF announces 'Clouds' tour“ (en-US). Concertfix (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  42. „NF Announces 'HOPE TOUR'“ (en-US). Live Nation Entertainment (2023-yil 30-mart). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  43. „Rapper NF's Wife Bridgette Doremus & Their Relationship: When & How Did They Meet?“. celebsuburb.com (2020-yil 5-aprel).
  44. Katie. „Congratulations to NF and his wife Bridgette Doremus.“. BigBigHit (2018-yil 5-sentyabr). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  45. „NF And Wife Bridgette Welcome First Child, A Son Named Beckham John Feuerstein“. Music Mayhem Magazine (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  46. „Welcome to the world 🌟 BECKHAM JOHN FEUERSTEIN 🌟 born August 13th, 2021 weighing in at 9lbs and 3oz 🥺 we had over 34 hours of laboring that eventually ended in a c section. I'm still in shock and processing the whole thing so I'm not quite yet ready to share my story, but I can't say enough thank you's to all my nurses & doctors, my amazing doula @rebirthingwellness and my husband @nfrealmusic for keeping me sane through the most exhausting experience of my life. While labor was so tough it was all worth it now that little man is here. Here's to the next chapter ❤️“. instagram.com.
  47. Wendowski, Andrew „NF And Wife Bridgette Welcome Second Child: 'One Of The Most Magical Days Of My Life'“. Music Mayhem Magazine (2023-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  48. „Leighton Christine Feuerstein / born at 2:36pm 12/19 (right on her due date) / 8lbs 3oz I've never been more sure that God was listening this day and answered my prayers / this will forever be one of the most magical days of my life. So thankful for my healthy little girl and a successful VBAC experience with the best partner and birthing team a girl could ask for 🤍“. instagram.com.
  49. Lavin, Will „Rapper NF: "I was having a mental breakdown. I was questioning my life. I was questioning everything"“ (en-GB). NME (2019-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-may.
  50. Real Talk with NF - New Album HOPE, Mental Health, Music Industry (Jam FM Radio Exclusive) (inglizcha), April 11, 2023, qaraldi: 2023-05-09
  51. „2016 Dove Award Nominees“. ascap.com. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
  52. „2016 Winners – The 49th Annual GMA Dove Awards“. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
  53. „2017 Winners – The 49th Annual GMA Dove Awards“. 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
  54. „Taylor Swift, Cardi B, Demi Lovato and More Receive iHeartRadio Titanium Award“. E! Online (2019-yil 2-aprel). Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
  55. „2019 iHeartRadio Music Awards: See The Full List of Nominees“. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.