Nışançı Mehmed posho masjidi
| Masjid | |
| Nışançı Mehmed posho masjidi | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Istanbul |
| Joylashuvi | Fotih tumani |
| Koordinatalar | 41°01′27″N 28°56′41″E / 41.02417°N 28.94472°E |
| Meʼmoriy uslub | klassik Usmoniylar meʼmorchiligi |
| Binokorlik | 1584-yil—1589-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
Nışançı Mehmed posho masjidi (turkcha: Nışançı Mehmed Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahridagi XVI asr oxiriga oid Usmoniylar masjidi. Meʼmoriy majmua (külliye)ning bir qismi boʻlib, uning asoschisi Nışançı Mehmed poshoning qabri ham oʻsha yerda joylashgan. Ilgari, shuningdek, ikkita madrasa va xonaqohni (tekke) ham oʻz ichiga olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1567-yilda Usmoniylar amaldori Nışançı Mehmed posho homiyligida qurilgan, posho 1567-yilda bosh kotib (reisülküttab), soʻngra kansler (nışançı) lavozimlariga koʻtarilgan. Taxminan 1574–1576-yillarda Halab hokimi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra 1580-yilda sulton Murod III hukmronligi davrida vazir etib tayinlangan. Mehmed posho keyinchalik vazir hamda nışançı lavozimlarida almashib xizmat qilgan[1].
Binoga kiraverishdagi yozuvga koʻra, masjidning oʻzi 1584-yildan 1589-yilga qadar qurilgan[2][1]. Majmuadagi ikkita madrasa 1592–1593-yillarda (hijriy 1001) qurib bitkazilgan. Nışançı Mehmed poshoning qabri 1594-yilda vafotidan oldin qurilgan. Shuningdek, XVII asrning birinchi yarmida qurilgan soʻfiylar uchun tekke ham mavjud[2].
Bino qurilishi Xoʻja Sinonning imperiya bosh meʼmori sifatidagi faoliyatining soʻnggi yillariga toʻgʻri keladi. Uning asarlari sanab oʻtilgan asosiy tarixiy hujjatlardan biri „Tezkiretüʼl-ebniye“da bu haqida tilga olinmagan, biroq „Tuhfetu’l-mi’mari“da uning nomi zikr qilingan[1]. Sanʼatshunos Godfrey Goodwinning fikricha, oʻsha paytda meʼmor Sinon qarib qolganligi sababli, bino uning yordamchilari Dovud ogʻa yoki Mehmed ogʻa tomonidan qurilgan boʻlishi mumkin[3]. Tarixchi Doğan Kuban masjidning Dovud ogʻa tomonidan bunyod etilgan boʻlishi kerakligini taʼkidlasa[4], baʼzi olimlar bino dizayni uchun aynan meʼmor Sinonning oʻzi mas’ul boʻlgan deb hisoblaydi[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki qismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid XVI asr klassik Usmoniylar memorchiligi mahsuli hisoblanadi[4]. Namoz zali masjidning eng muhim tarkibiy qismi boʻlib, uning ustki qismi sakkizta ustun koʻtarib turuvchi bitta katta gumbaz bilan qoplangan. Ushbu dizayndan meʼmor Sinon oʻzining avvalgi asarlarida ham foydalangan, ammo Nışançı Mehmed posho masjidi shunday dizaynga ega boshqa masjidlardan oʻzining qurilish uslubi bilan farq qiladi[4].
Namozxona aksariyat Usmonli masjidlariga xos toʻgʻri toʻrtburchak reja asosida qurilmagan, aksincha, qibla tomonidagi (janubi-sharqiy) ustunlar bevosita tashqi devorlarga birlashtirilgan. Namoz zalining boshqa tomonlari oʻsha davrdagi Usmoniylar masjidlarida boʻlgani kabi baland ayvon bilan oʻralgan[4]. Tayanch ustunlarning yuqori qismidagi zonalar muqarnas bilan bezatilgan[1]. Koʻp burchakli namozxona va hovli oʻrtasidagi binoning ikki burchagida toʻrtburchak xonalar joylashgan boʻlib, ular ehtimol tabhane (mehmonxona) sifatida xizmat qilgan[3]. Namozxonaning devorlariga koʻplab derazalar oʻrnatilgan boʻlib, ular ichki qismni yorugʻ qilib turadi[3]. Gumbaz diametri 14.2 metr (47 ft) boʻlib, Usmoniylar sulolasi aʼzolari homiyligida qurilmagan masjidlar orasida Rustam posho masjididan keyin ikkinchi eng katta gumbaz hisoblanadi[1].
-
Namozxona, janubi-sharqqa, qibla devori tomonga qaragan koʻrinishi
-
Namozxona, shimolga, kirish qismi tomonga qaragan koʻrinishi
-
Namozxona gumbazi
-
Asosiy mehrob
-
Minbar detallari
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi tomondan, namozxonaning shimoli-gʻarbiy tomonida rivaq bilan oʻralgan hovli joylashgan. Hovlida daraxtlar ekilgan va shu sababli ushbu masjid Usmoniylar tomonidan Istanbulda bunyod etilgan ilk bogʻli masjidlaridan hisoblanadi[3]. Hovli markazida oddiy shodirvon (favvora) joylashgan. Namozxonaga kirish qismida muqarnasli baland darvoza qurilgan[3].
Masjidning yagona minorasi oldingi ayvonning orqasida joylashgan. Gumbazni baland minorali tayanchlar koʻtarib, mustahkamlab turadi[3]. Hovlining tashqi devorlari qavatma-qavat ishlangan gʻisht va toshdan qurilgan[3].
-
Masjidning shimoli-g‘arbiy tomoni, hovlidning tashqarisi
-
Hovlining ichki qismi
-
Namozxona oldidagi asosiy ayvon
-
Muqarnasli, xattot yozuvlari bilan ishlov berilgan namozxonaga kirish eshigi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Nışançı Mehmed posho masjidi haqida turkum mavjud |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971. ISBN 0500274290.
- Kuban, Doğan. Ottoman Architecture. Antique Collectors' Club, 2010. ISBN 9781851496044.
- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire, Revised, Reaktion Books, 2011. ISBN 9781861892539.
