Myunser Tomas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MYUNSER (Munzer, Muntzer) Tomas (taxminan 1490, Shtolberg, Gars — 1525.27.5, Myulxauzen yaqinida, Tyuringiya) — Reformatsiya davrida dehqonplebeylar ommasi yetakchisi va Germaniyada 1524—26 yillardagi Dehqonlar urushi rahbari. Hokimiyatni zoʻrlik bilan agʻdarib tashlash, uni xalq qoʻliga topshirish va odil jamiyat oʻrnatish gʻoyalarini diniy shaklda targʻib qilgan. Tyuringiya — Saksoniyada dehqonlar urushining yagona markazini tuzishga uringan, lekin 1525-yil 15-mayda uning otryadi Frankenxauzen shahri yonida tormor etilib, M. asir tushgan va qatl etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil