Muzlik davri: Dinozavrlar asri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzlik davri: Dinozavrlar asri
Ice Age: Dawn of the Dinosaurs

Theatrical release poster
Rejissyor(lar) Carlos Saldanha
Prodyuser(lar)
  • Lori Forte
  • John C. Donkin
Ssenariynavis(lar)
  • Michael Berg
  • Peter Ackerman
  • Mike Reiss
  • Yoni Brenner
Hikoya Jason Carter Eaton
Rollarda
Bastakor(lar) John Powell
Muharrir(lar) Harry Hitner
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 1-iyul, 2009-yil(2009-07-01)


Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $90 million
Daromadi $886 million[1]

Muzlik davri: Dinozavrlar asri (inglizcha: Ice Age: Dawn of the Dinosaurs) 2009-yil Amerikaning Blue Sky Studios va 20th Century Fox Animation studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda, distributor 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan kompyuter-animatsion komediya-drama film.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamontlar Menni va Elli kichkintoy mamont tugʻilishini kutar edi. Hattoki, Menni kichkintoy uchun muz va qorlardan bolalar oromgohi ham yasadi. Bu joydagi bir daraxtga muzdan Mennining oʻzi, Elli, Diego va kichkintoy mamont yasalgan edi. Sid ham oʻzining bolasi boʻlishini istab, yurib yer yorilib, pastlik yerga tushib ketadi. U yerda uch dona yirik tuxumni koʻrib qoladi. Bu tuxumlar trinozavr tuxumlari edi. Sid ulaega koʻz, burun va tish chizib, uchala tuxumni ham olib ketadi.

Sid tuxumlarni Menni, Elli va xanjartishli yoʻlbars Diegoga koʻrsatadi. Ular bunga qarshilik bildirib, uni joyiga qoʻyishini aytishadi. Lekin Sid buni bajarmaydi. Ertasiga tuxumlar ochib, kichik trinozavrlar tugʻiladi. Ular Mennining oromgohini buzib, gamma joyni buzib tashlaydi. Mennining qattiq jahli chiqdi. Keyin bahaybat Ona Trinozavr kelib, uchala trinozavrlarni va Sidnu olib ketadi. Menni, Elli, Kresh va Eddi oposimlar va Diego ularni izlashga yoʻlga chiqdi. Ular pastga, dinozavrlar olamiga tushadi. Ular tushayotganda koʻprik boʻladi. Koʻprikda ovozlar oʻzgarib, kulguli eshitladi. Ular shu kabi yoʻllardan oʻtib, oʻtib olishadi. Menni Elliga: kichkintoy tugʻilayotgan paytda shaftoli deb ayt, - deydi. Ular ketayotganda, Ellining soʻziga koʻra Menni va Diego bir mevani olishga harakat qilib, ularni meva yutib yuboradi. Shu payt uzoqdan kichik — bir koʻzli Bak kelib, gigant mevaning ichiga kiradi. U yerda ikki xil sim: koʻk va yashil simlar bor edi. Bak bulardan birini dinozavrning tishi bilan uzganda, mevaning hazm qilish jarayoni tezlashadi. U bazirgʻa, ikkinchi simni uzib, buni toʻxtatadi va meva ularni chiqarib yuboradi. Bak ular bilan tanishib, yoʻlga chiqadi.

Tun — Menni, Elli, Diego, Eddi va Kresh hamda, Bak olov yoqib, uxlashga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Shunda Bak bir koʻzidan ayrilganlik tarixini aytib beradi. Unga koʻra uni koʻzidan bahaybat trinozavr Rudi ayiradi. Bak esa Rudining jigʻildonidan chiqib, uning tishini oladi va uni xanjar qilib oladi. Tong otadi. Ular Sidni topadi, ammo katta xavf — Rudi bor edi. Undan keyin yer yorilib, vulqonlar, lavalar vujudga keladi. Rudi va Ona Dinozavr toʻqnashadi. Menni, Diego va Bak Rudini bogʻlab uni qulatadi. Lekin bu uzoqqa choʻzilmaydi. Endi Rudi tashlanayotganda, Ona Dinozavr Rudini yelkasi bilan turtib, jarlikka tashlab yuboradi va hayqiriqli oʻkiradi. Menni, Elli, Sid, Eddi va Kresh Bak bilan xayrlashib, uyga qaytishadi. Ular tepaga Muzlik davriga qaytib, Elli kichkintoyni, yaʼni qiz bola mamontni dunyoga keltiradi. Unga «Shaftoli» deb ism qoʻyishadi.

Film soʻngida, Bak Rudi oʻlganiga xafa boʻlib oʻtirganisa, Rudi tirikligini biladi. Undan keyin Rudini jilovini tortib, uni boʻysundiradi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ice Age: Dawn of the Dinosaurs“. Box Office Mojo. Qaraldi: 8-sentabr 2009-yil.
  2. Tara Strongning rasmiy veb-sayti[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]