Muzlatgich

Muzlatgich maishiy texnika vositasi boʻlib, oʻz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatgich termoizolatsiyalangan javon va mexanik, elektr yoki kimyoviy issiqlik nasosidan iborat. Nasos javondan issiqlikni tashqariga siqib chiqaradi, natijada javon ichi atrof-muhitdan sovuqroq ushlab turiladi. Sovutish oziq-ovqatni uzoq saqlash va unda bakteriyalar koʻpayishining oldini olish uchun zarur.
Muzlatgich javoni ikki qismga ajratiladi. Yuqoridagi qism muzxona deyiladi, u yerda harorat −10 °C (kuchli muzlatgichlarda −30 °C) dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxona ostidagi boʻlimda esa harorat suv muzlash nuqtasidan ozgina yuqori harorat saqlanadi. Aksariyat taom mahsulotlarini saqlash uchun optimal harorat +3 dan +5 °C gachadir.[1]
Muzlatgich nisbatan zamonaviy ixtirodir. Muzlatgich yaratilganiga qadar oziq-ovqat mahsulotlari zax yertoʻlalarda saqlanardi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ arxiv nusxasi, 2009-01-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-01-04
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Muzlatgichlar tarixi Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-08-14). Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-08-14). (ingl.)
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |