Muzayraa
Muzayraa مزيرعة | |
|---|---|
| Shaharcha | |
| 35°31′52″N 36°4′16″E / 35.53111°N 36.07111°E | |
| Mamlakat | Suriya |
| Muhofaza | Latakiya |
| Okrug | Al-Haffa okrugi |
| Kichik tuman | Muzayraa |
| Aholisi (2004) |
834 |
| Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
| |
Muzayraa (arabcha: مزيرعة, Mzeraʼa yoki Mazirah) Suriya shimoli-gʻarbidagi shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasi tarkibiga kiradi. Latakiya sharqida joylashgan. Gʻarbda Difa va Hanadi, shimoli-gʻarbda al-Jandiriya, shimolda al-Haffa va Ayn al-Tineh, shimoli-sharqda Slinfa, sharqda Shatha, janubda esa Qardaha bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Muzayraa aholisi 834 kishini tashkil qilgan. Shaharcha Muzayraa nohiyasining maʼmuriy markazi va toʻrtinchi yirik aholi punkti hisoblanadi. 2004-yilda ushbu nohiya tarkibidagi jami 27 ta aholi punktida 13 908 kishi istiqomat qilgan[1]. Aholisi asosan xristianlardan iborat[2].
2024-yil 14-dekabrda Suriya Arab armiyasining sobiq aʼzolari Suriya oʻtish davri hukumati]ga aloqador boʻlgan Shom korpusi aʼzolariga Muzayraa hududida hujum uyushtirgan. Ushbu hodisa [Asad rejimi qulaganidan keyingi birinchi shu turdagi toʻqnashuv hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ General Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. (arabcha)
- ↑ Balanche, 2006, p. 44.
- ↑ „في حادثة هي الأولى من نوعها بعد سقوط النظام.. مقـ ـتل وإصابة 15 عنصراً من فصيل "فيلق الشام" بكمين نصبه مسلحون من فلول النظام بريف اللاذقية | المرصد السوري لحقوق الإنسان“ [In an incident that is the first of its kind after the fall of the regime.. 15 members of the „Al-Sham Corps“ faction were killed and injured in an ambush set up by armed men from the remnants of the regime in the Latakia countryside] (ar). Syria HR (2024-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 14-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Balanche, Fabrice. La région alaouite et le pouvoir syrien (French). Karthala Editions, 2006. ISBN 2845868189.
| Suriya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |